Ma’rifat
22 / 02 / 2023
Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida maxsus ishlab chiqilgan reja asosida Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Turon Fanlar Akademiyasi a’zosi, olima, ijodkor D.Yormatovaning “Marmarga bitilgan sevgi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ma’rifat
20 / 02 / 2023
20-fevral kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda shu mavzuda davra suhbati o‘tkazildi.
Ma’rifat
18 / 02 / 2023
2023 yil – Ozarbayjonda Haydar Aliyev yili
Ozar xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyevning 100 yillik yubileyi munosabati bilan qardosh mamlakatda uning siysiy-iqtisodiy, ma’rifiy-ma’naviy, umuman davlatchilik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlari keng muhokama qilinib, yod etilmoqda. 1982 yil 14 yanvarda Haydar Aliyev tashabbusi va ishtiroki bilan Mulla Panoh Voqif qabri ustida qad rostlagan mahobatli maqbara ochilishi ham ana shunday muhim sanalardan biri bo‘lgan. Yaqinda Trend nashrida chop etilgan maqola ana shu muhim sana haqida bo‘ldi.
...
Ma’rifat
17 / 02 / 2023
Turkiya Milliy ta’lim vaziri Mahmut O‘zer: “Zilziladan zarar ko‘rgan 10 viloyatda chodir markazlari, yotoqxonalar va konteyner markazlari kabi turar joylarni ko‘chma ta’lim doirasiga kiritdik”.
Ma’rifat
16 / 02 / 2023
Ommaviy axborot vositalarida maktabgacha va maktab ta’limi o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlashning yangi tizimini joriy etish taklif qilinayotganligi haqida o‘qidim. Maktab bitiruvchilarini hayotga tayyorlash, jumladan, ularga kasbiy ta’lim berish hamisha dolzarb muammo bo‘lgan.
Yangilangan ta’lim vazirligining bu muammoni hal etish borasidagi harakatlarini ma’qullayman, ayni paytda avval yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik uchun ogohlantirishni burchim deb bildim.
Ma’rifat
16 / 02 / 2023
Mahmudxo‘ja Behbudiy “Risolayi jo‘g‘rofiya Rusiy” (Rossiya geografiyasi, 1904), “Risolayi jo‘g‘rofiya umroniy” (Aholi geografiyasiga kirish, 1905), ”Muntahabi jo‘g‘rofiyayi umumiy” (Qisqacha umumiy geografiya, 1906) kabi asarlarida o‘zining geografik qarashlarini bayon etgan.
Ma’rifat
14 / 02 / 2023
Bugun Oltinsoy tumanidagi 13-IDUMda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ma’rifat
10 / 02 / 2023
Buyuk ajdodimiz, so‘z mulkining sultoni, hazrat Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi yurtimizning har bir hududida keng nishonlanmoqda.
Ma’rifat
10 / 02 / 2023
Ta‘lim dargohlarida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilishi yoshlarning kelajakda yaxshi bir kasb egasi bo‘lishiga turtki beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi Qaroriga muvofiq ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.
Ma’rifat
9 / 02 / 2023
Mirzacho‘l tumani 9-maktabda so‘z mulkining sultoni buyuk mutafakkur Alisher Navoiyning 582 yillik tavalludiga bag‘ishlangan “El desa Navoiyni” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.
Alisher Navoiyning tavulludini keng nishonlash yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbirga faxriy ustozlar, maktab ota-onalar qo‘mita raisi, ota-onalar ishtirok etdilar.
Ona tili va adabiyot haftaligida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari S.Do‘smatova, S.Qudratovalar tomonidan ochiq darslar o‘tilib, sinflar kesimida insholar ko‘rik tanlovi, rasmlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ma’rifat
9 / 02 / 2023
Xorazm viloyati Hazorasp tumani 12-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimizning tavalludi munosabati bilan "Ikki buyuk siymo" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Ma’rifat
9 / 02 / 2023
Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o‘tibdiki ulug‘ mutafakkir bobolarimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma’naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda. Shu kunlarda, yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 582 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda.
Ma’rifat
9 / 02 / 2023
Buyuk shoir, g'azal mulkining sultoni hazrat mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan viloyatimizda turli kechalar, tadbirlar, navoiyxonliklar o'tkazib kelinmoqda.
Ma’rifat
9 / 02 / 2023
Professional ta’lim tizimidagi Oqqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi” va “Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi” kasblaridagi o‘quvchi va o‘qituvchilarga navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Ma’rifat
6 / 02 / 2023
Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Mangu barhayot siymo” nomli g‘azalxonlik kechasi bо‘lib о‘tdi. Kechada GulDU о‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi о‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi Oybek Normurodov, “Dо‘stlik” ordeni sohibi, aktyor Ibrohim Qosimov, iste’dodli aktrisa Gulnora Muhammedova va viloyat Milliy gvardiya shaharlararo qо‘riqlash bо‘limi xodimlari, Respublika о‘g‘il bolalar о‘quv tarbiya muassasi о‘quvchilari ishtirok etdi.