Ma’rifat
19 / 01 / 2023
“U yo‘qolsa, tamaddun tugaydi, u salomat bo‘lmasa, millat sochilib ketadi. Shuning uchun esi o‘zida xalq, erki o‘zida davlat til muhofazasini muhtasham maqsad deb biladi, uni taraqqiy qildirish qayg‘usini bir on
unutmaydi”.
Nizomiddin MAHMUDOV
Ma’rifat
19 / 01 / 2023
“Ona tili darslarini o‘tish rosa osonlashdi, ertak aytgandek bo‘lib qoldi” (Jamilaxon, o‘qituvchi).
Ma’rifat
17 / 01 / 2023
Adabiyot
Seni Vatan, unutmaydi, Orasta!
Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Vatan muxorabasida yuzlab va minglab er yigitlar safida, Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining serjanti va harbiy feldsheri, yagona ayol shahid – Orasta Karim qizi Baxishova ham bor. U o‘zining sadoqatli burchini ado etish chog‘ida dushmanlar zulmiga uchrab, bu dunyo bilan vidolashdi. Orastaning o‘lmas xotirasiga bag‘ishlab yozilgan quyidagi she’rni siz o‘quvchilarga havola qilamiz.
Qardosh xalq shoirining she’rini ozar tilidan Gulzira Sharipova o‘zbek tiliga o‘girgan.
...
Ma’rifat
16 / 01 / 2023
Faxriddin Iroqiy o‘z zamonining mashhur shayx ul-mashoyixlaridan biri bo‘lgani tarixdan ma’lum. “Mahbub ul-qulub”da Navoiy ta’biri bilan aytganda, bu ulug‘ zot “benazir va yagona, millat va dinning faxri bo‘lmish Shayx Iroqiydirkim, so‘zlarida ma’nolar, jumlalarida fikrlar porlab turgan asarlar egasidir”.
Ma’rifat
14 / 01 / 2023
Har bir maktabda albatta bo‘sh o‘zlashtiradigan, darslarda o‘tirishga ko‘pam hushi bo‘lavermaydigan o‘quvchilar oz bo‘lsa-da, topiladi. Vazifalarni o‘z vaqtida tayyorlashga toqati yo‘q o‘quvchilarning borligi tabiiy. Bilimga chanqoq, intiluvchan, maktabga oshiqib keladigan bolalarning ko‘pligi bizni quvontiradi, albatta. Ammo bo‘sh o‘zlashtiruvchi, ota-ona, o‘qituvchilar qistovi bilan maktabga kelayotgan ayrim o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish muammosi haqida o‘ylanib,...
Ma’rifat
13 / 01 / 2023
“Voy qurmag‘urlar-ey, bularni qarang-a, dunyo ko‘rgan odamlar ekan-da. Lekin negadir gaplari juda jaydarimi? Hozir mening navbatim kelsin – ko‘rasizlar intervyuning zo‘rini. Jimjima bilan gapirish deysizmi, motivatsiya-poativatsiya berish deysizmi, qoyillatib tashlaganim bo‘lsin. Oh-oh-oh! Butun jahon dod devorsa-ya!” – hayajon bilan aytadigan so‘zlarimni xayolimdan o‘tkazib takrorlayveraman. Ularning suhbati qulog‘imga kirmaydi.
Ma’rifat
13 / 01 / 2023
Shahrisabz tumani Hojimaydon qishlog‘ida yashovchi, shu hududdagi maktab direktori Botir Safarov (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) shu hurmatdan masrur edi. Endi-chi, uning misqollab yiqqan obro‘yi nafs tufayli sarobga aylandi.
Ma’rifat
13 / 01 / 2023
Ota-onalar yig‘ilishini tashkil etishda o‘qituvchi puxta tayyorgarlik ko‘rishi, har birini bitta qolipda emas, turli usullarda tashkil etishi lozim. Hozir ota-onalar yig‘ilishi deyilsa, hammaning ko‘z oldiga bolalar o‘zlashtirishi haqida ma’lumot beriluvchi yig‘in, past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni tanqid qilish, a’lochilarini maqtash kabi holat keladi. Shu bois, ko‘p ota-onalar bormaslik uchun bahona qidirishadi. Sinf rahbari yig‘ilishni shunday tashkillashtirishi kerakki, keying gal majlis deyilganda ota-onalar o‘zlari keladigan, bu safar qanday yangilik...
Ma’rifat
13 / 01 / 2023
inson o‘zi bu dunyoda e’tibor topish, e’tirof etilish, tan olinish, o‘z o‘rnini topish uchun yashaydi, shunga intiladi. Shunday ekan, o‘qituvchi endi tetapoya qilib katta hayotga kirib kelayotgan o‘quvchisini yaxshi xulqi, tirishqoqligi, a’lo bilimi uchun ruchka, qalam, daftar-kitob, bloknot hadya qilib, rag‘batlantirsa buning nimasi yomon? Bu ham e’tibor, ham o‘z o‘quvchisini yanada yaxshi bo‘lishga ruhlantirish. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, o‘rta o‘qituvchi – bayon etadi, yaxshi o‘qituvchi – tushuntiradi, mashhur o‘qituvchi – namoyish etadi, buyuk...
Ma’rifat
13 / 01 / 2023
Savolning javobi barchamizga ma’lum-ku degan fikr xayolingizdan o‘tganiga aminman. Darvoqe, har qanday ma’rifiy-madaniy, ilmiy-texnikaviy yangiliklar muayyan maqsadni ko‘zlab joriy etiladi, amalga oshiriladi. Xo‘sh, so‘nggi yetmish yil atrofida mamlakatimiz o‘rta maktablarida, texnikumlar va oliy o‘quv yurtlarida joriy etilgan ingliz, nemis, fransuz tili kabi g‘arb tillari qatorida ba’zi sharq tillarini o‘qitishdan qanday maqsadlar ko‘zlangan va ushbu maqsadlar qay tarzda amalga oshirilgan?
Ma’rifat
11 / 01 / 2023
Sinflarda o‘quvchi soni 25 nafardan oshmaydi. Sinfda 6 ta bolalar stoli bo‘lib, har bir stol atrofida 4 nafar o‘quvchi o‘tiradi. Qo‘shimcha stol, yonida esa 2-3 ta katta rezina koptoklar bor. Bola istasa, dars payti koptokda o‘tirishi yoki sakrashi ham mumkin. Doska yonida mamlakat bayrog‘i osilgan. Har kuni ertalab barcha sinflarda dars bayroq oldida o‘z Vataniga sodiqlik haqida qasamyod qilish bilan boshlanadi.
Ma’rifat
11 / 01 / 2023
Ilhom Aliyevning Lochin-Xonkendi yo‘lida sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati
— “Lachin-Xankendi yo‘lida norozilik namoyishini o‘tkazayotgan yoshlar bizning g‘ururimizdir”, – dedi Ozarbayjon rahbari 10 yanvar kuni mahalliy OAV vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda. – Ular kechayu kunduz sovuqda bo‘lib, u yerda adolatni talab qilmoqdalar. Va yana bir bor butun dunyoga Ozarbayjon yoshlari vakillari qanday yuksak fazilatlarga ega ekanliklarini...
Ma’rifat
9 / 01 / 2023
So‘nggi yillarda mamlakatimiz aholi sonining jadallik bilan ortib borayotganligi, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘lamini ham oshirish zaruratini keltirib chiqardi. Ichki va tashqi bozorlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlash uchun, albatta, kuchli bilim va salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lishi zarur.
Ma’rifat
8 / 01 / 2023
Oqqo‘rg‘on tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi va 2022-yil 28-dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’sul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminar asosida 2023-yil 7-yanvar kuni Oqqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabida Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlishtirish hududiy boshqarmasi hamda Oqqo‘rg‘on tuman 1-son kasb-hunar maktabi hamkorligida ''Profissional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish'' ga qaratilgan...
Ma’rifat
7 / 01 / 2023
Ozarbayjon va O‘zbekiston adabiy hamkorligi:
tarixiy ildizlari mustahkam yaproqlar
Tarixga nazar solganimizda Ozarbayjon va o‘zbek xalqlari adabiyoti va sanʼati sohasida tarixning eng og‘ir davrlarida ham uzilmagan aloqalar bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Xususan, urushdan keyingi yillarda jadal rivojlana boshladi, 1980-yillarda o‘zining yuksak cho‘qqisiga chiqdi.