Zavqibek MAHMUDOV

Umumta’lim maktablaridagi maktab oshxonalarining 80–90 foizida “Qarz daftari” tutiladi. Unda kelasi oylikkacha puli yetmagan o‘qituvchilar hech qanday foizsiz qarzga ovqatlanishadi. Aksariyat o‘qituvchilar qaysidir bankdan yoki maishiy xizmat ko‘rsatish mahsulotlari do‘konidan 23–35% gacha yo kredit, yo kreditga nimadir olgan bo‘ladi. Ehtiyoj va oylik maoshining nomutanosibligi sabab kreditlar doimo bir-biriga ulanaveradi. Yevropa yoki Osiyoning deyarli barcha davlatlarida o‘qituvchilar oylik maoshi biznikiga qaraganda ancha yuqori bo‘lsa-da, kredit foizlari juda past. 

  O‘qituvchilarning ijtimoiy holatini tushungan maktablardagi oshxona egalari bor bo‘lsin. Oyligini bu oydan keyingi oyga yetkazolmay qarzga botib, majburligidan kredit olishini bilib o‘qituvchilarga otning kallasidek foizga kredit berayotgan banklarga esa insof bersin! (2023-yil, 6-dekabr).

475