2-kurs talabasi Yaponiyadagi Xalqaro notiqlik tanlovida g‘olib bo‘ldi
Yaponiyaning Tokio shahrida 22-marotaba chet elliklar o‘rtasida Xalqaro yapon tili notiqlik san’ati tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlovda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-bosqich talabasi Hasan Mamurjonov faxrli 1-o‘rinni egallab, g‘olib bo‘lgan. Hozirda u akademik mobillik dasturi doirasida Yaponiyaning Toyo universitetida tahsil olmoqda.
Tadbirda dunyoning turli davlatlaridan, jumladan, Kanada, Vyetnam, Rossiya, Koreya, Xitoy, Nepal, Tayvan va O‘zbekistondan kelgan 10 nafar ishtirokchi qatnashgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toyo universiteti o‘rtasida tuzilgan shartnoma doirasida har yili 3 nafar talaba akademik mobillik dasturi asosida Yaponiyaga o‘qishga yuboriladi. Shuningdek, har yili Toyo universitetidan bir nafar talaba O‘zbekistonda tahsil oladi.
Shu kecha va kunduzda
Markaziy Osiyoda bandlik va farovonlik masalalari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida muhokama qilindi
PISA Boshqaruv kengashining 60-yubiley sessiyasi
Yana bir Osiyo chempioni
MIKROFON OLDIDA MAS’ULIYAT – YO‘QOLGAN QADRIYATMI?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank