Kitob – ma’rifat manbayi

Jarayon Kitob – ma’rifat manbayi
34

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq:


1. “Kitob – ma’rifat manbayi” dasturi doirasida aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va yiliga o‘rtacha 10 ta kitob o‘qish maqsadi joriy etiladi (2026–yildan);


2. “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi” tashkil etiladi;


3. Yoshlar ishlari agentligiga kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlari uchun har yili ajratiladigan mablag‘ miqdori 20 mlrdga yetkaziladi;


4. “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi loyihasi asosida maktab o‘quvchilari yiliga kamida 20 ta kitob o‘qishi ta’minlanadi, eng faol klub a'zolari taqdirlanadi;


5. Tanlov orqali iste’dodli mualliflarni aniqlash va ularga ijod qilish uchun sharoit yaratish maqsadida bir yilgacha BHMning 50 baravari (20 mln 600 ming so‘m) miqdorida haq to'lanadi;


6. Eng sara xorijiy adabiyotlarni o'zbek tiliga va milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlarining 50 foizi hamda mualliflik huquqi uchun xarajatlarning 80 foizi jamg'arma tomonidan qoplanadi;


7. Kitobxonlik reytingi shakllantiriladi;


8. “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomini olgan hududlarda 330 ta mahalla kutubxonalari tashkil qilinadi;


9. Top 100 kitobxon dasturi doirasida o‘quvchi va talabalar orasida eng ko‘p kitob o‘qiganlar taqdirlanadi, har biriga BHMning 25 baravari miqdorida (10 mln 300 ming so‘m) pul mukofoti beriladi (2026-yildan);


10. “Mutolaa” loyihasi orqali jamoat transporti va infratuzilma obyektlarida elektron va audiokitoblardan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.


11. Vazirlik va idoralarda kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi,  “Kitob burchagi” tashkil etilib, har oyda “Kitob o‘qish soati” yo‘lga qo‘yiladi, bunda eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga bir oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi (2026-yildan).



Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Yoshlar

Ulashish