“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan jamoatchilik eshituvi”
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan jamoatchilik eshituvi mavzusida soha vakillari va jurnalistlar uchun suhbat tashkil etildi, ushbu jamoatchilik eshituvining maqsadi — ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilangan dastur va loyihalar, shuningdek, kelgusida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berish, jamoatchilik fikrini eshitish va takliflarni inobatga olish.
Suhbat doirasida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
• maktabgacha ta’lim tizimidagi yangiliklar va joriy etilgan tartiblar;
• umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
• o‘qituvchilar mehnat sharoitini yaxshilash va malakasini oshirish bo‘yicha dasturlar;
• yangi o‘quv yo‘nalishlari, raqamli ta’lim va infratuzilma yangilanishlari;
• kelgusi yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar va loyihalar.
Ushbu uchrashuvda soha vakillari va jurnalistlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, “Demokratiya va inson huquqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi direktori o‘rinbosari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Foziljon Otaxonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Murojaatlar boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek Musurmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Shuhrat Mamadiyarov Davlat organlari Huzuridagi Jamoatchilik kengashlarining maqsad va vazifalari, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi yil davomida kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, ushbu muloqot ochiq va samarali tarzda o‘tdi va ta’lim tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shadi deb umid qilamiz.
Shu kecha va kunduzda
QS Eurasia Forum 2025 ilk bor Toshkentda
“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan jamoatchilik eshituvi”
O‘quv dasturlariga iqlim o‘zgarishiga oid mavzular integratsiya qilinadi
Hunarli kishi elda xor boʻlmas
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank