O‘qituvchilar 100 ming dollar maosh oladi
O‘qituvchilik – kelajak avlod tafakkurini shakllantiradigan, jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi o‘rin tutadigan eng muhim kasblardan biridir. Biroq dunyo mamlakatlarida o‘qituvchilar mehnati turlicha baholanadi: maosh miqdori mamlakat iqtisodiyoti, yashash xarajatlari va ta’limga ajratilayotgan sarmoyaga bog‘liq. Internet manbalariga tayangan holda quyida o‘qituvchilarga eng yuqori ish haqi to‘lanadigan davlatlar haqida ma’lumot beramiz.
Shvetsariya
Shveytsariya o‘qituvchilarga eng yuqori maosh to‘lanadigan davlatlar qatoridan doimiy o‘rin egallab keladi. OECD ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda o‘rta maktab o‘qituvchilari yiliga o‘rtacha 80–100 ming AQSh dollari miqdorida daromad oladi. Yuqori maosh mamlakatda ta’limga katta e’tibor qaratilishi va yashash narxining balandligi bilan izohlanadi.
Lyuksemburg
Lyuksemburg ham o‘qituvchilar mehnatini yuqori baholaydigan mamlakatlardan biridir. Bu yerda yangi ish boshlagan o‘qituvchi yiliga qariyb 70 ming dollar maosh oladi, tajriba ortgani sari bu ko‘rsatkich 100 ming dollardan oshadi. Kuchli iqtisodiyot va sifatli ta’lim siyosati Lyuksemburgni pedagoglar uchun jozibador qiladi.
Germaniya
Germaniyada, ayniqsa, o‘rta va yuqori sinflarda dars beradigan o‘qituvchilar yaxshi maosh bilan ta’minlanadi. O‘rta hisobda maktab o‘qituvchisining yillik daromadi 60–80 ming dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, pedagoglar mustahkam ijtimoiy kafolatlar va ish barqarorligiga ega.
Kanada
Kanadada o‘qituvchilar maoshi viloyatlarga qarab farqlanadi. Ontario va Britaniya Kolumbiyasida tajribali pedagoglar yiliga 70–90 ming dollar atrofida daromad oladi. Bunga qo‘shimcha ravishda, sog‘liqni saqlash va pensiya tizimi ham yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan.
AQSh
AQShda o‘qituvchilar maoshi shtatlar bo‘yicha keskin farqlanadi. Nyu-York, Kaliforniya va Massachusets kabi shtatlarda tajribali pedagoglar yiliga 85 ming dollardan ortiq maosh olishi mumkin. Biroq ayrim hududlarda moliyalashtirish pastligi sababli ish haqi ancha kam.
Avstraliya
Avstraliyada davlat maktablarida ishlovchi o‘qituvchilar tajriba va hududga qarab yiliga 60–100 ming dollar daromad oladi. Mamlakatda mehnat va shaxsiy hayot muvozanati, shuningdek, malaka oshirish imkoniyatlari keng.
Daniya
Kuchli ijtimoiy ta’minot tizimi bilan tanilgan Daniyada o‘qituvchilar o‘rtacha 50–80 ming dollar maosh oladi. Keng ta’til imkoniyatlari va barqaror pensiya tizimi pedagoglar uchun qulay sharoit yaratadi.
Niderlandiya
Niderlandiyada ham o‘qituvchilar raqobatbardosh ish haqi bilan ta’minlangan. Tajribali pedagoglar yiliga 50–80 ming dollar daromad oladi. Innovatsion ta’lim tizimi va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash siyosati bilan ajralib turadi.
O‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lanadigan mamlakatlarda, odatda, ta’lim tizimi mustahkam va ilmiy salohiyat yuqori bo‘ladi. Albatta, kasb tanlashda faqat maosh emas, boshqa omillar ham muhim. Shunga qaramay, munosib ish haqi o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirib, uni barqaror va jozibador soha sifatida saqlab qolishga xizmat qiladi.
Shu kecha va kunduzda
Sovg'aning eng kattasi
O‘qituvchilar 100 ming dollar maosh oladi
DEBRIFING yoxud attestatsiyadan keyingi o‘ylar...
“YALDO KECHASI” TARIXIY ROMANI KITOBXONLAR QO‘LIDA
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank