Taqdirlash marosimi
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda koreys tili ustozlarini qayta tayyorlash dasturining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston universitetida tashkil etildi. Unda dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ustozlarga diplomlar topshirildi. Shuningdek, tadbirda ishtirokchilarning fikr-mulohazalariga ham quloq tutildi.
Ma’lumot o‘rnida, umumta’lim ustozlarini kasbiy qayta tayyorlash loyihasi 2025-yilning iyul oyidan 2026-yilning yanvar oyiga qadar gibrid – onlayn va offlayn shaklda amalga oshirildi. Unda har bir ishtirokchi o‘qituvchi o‘zi ishlaydigan maktablarda amaliyot o‘tadi. Kurs 972 soatni tashkil etdi, bunda 144 soat offlayn, qolgan mashg‘ulotlar esa onlayn tartibda o‘tkazildi. Loyiha doirasida hududlarda amaliyot-seminarlar ham bo‘lib o‘tdi. Dasturda 55 nafar o‘qituvchi qatnashdi. Shuningdek, koreys tili ustozlarini qayta tayyorlash dasturida Koreya Respublikasidan kelgan xorijlik mutaxassislar tomonidan mahorat darslari ham tashkil qilindi.
Shu kecha va kunduzda
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirmani olish uchun ariza berish boshlandi
DAVLAT MAKTABLARIDAGI PULLIK SINFLAR: QO‘SHIMCHA IMKONIYATMI YOKI TA’LIMDAGI TABAQALANISH? (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-qarori va uning ijrosi borasida mulohazalar)
ISH BERUVCHILAR QANDAY MUTAXASSIS IZLAYAPTI?
Yangi iqtisodiy model: yuqori texnologiya, mehnat unumdorligi va inson kapitali
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir