Toshkentda “InfoCheck Central Asia” xalqaro xakatoni boshlandi
Iqtidorli yoshlar – yurt kelajagi
23
Toshkent shahrida 9-10-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan “InfoCheck Central Asia” xalqaro xakatoniga start berildi. 12–14-iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Gyote instituti hamkorligida tashkil etilmoqda.
Xakatonning asosiy maqsadi yoshlarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, media savodxonligini oshirish hamda raqamli muhitdagi xavf-xatarlarga qarshi samarali yechimlar ishlab chiqishga ko‘maklashishdan iborat.
Loyiha doirasida O‘zbekistonning turli hududlaridan saralangan 30 nafar iqtidorli o‘quvchi, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan tengdoshlari, soha mutaxassislari va Germaniyaning Gamburg Amaliy fanlar universiteti (HAW Hamburg) vakillari bir maydonda jam bo‘ldi.
Uch kun davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda innovatsion g‘oyalar va prototiplar ustida ishlaydi:
dezinformatsiya va feyk kontentni aniqlash mexanizmlari;
shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va kiber-gigiyena;
kiberbullingga qarshi kurash;
interaktiv ta’lim kontenti va zamonaviy o‘yin texnologiyalari.
Xakatonning o‘ziga xos jihati shundaki, unda texnik bilimlar bilan bir qatorda ijodkorlik, jamoada ishlash madaniyati va yoshlarning raqamli muammolarga innovatsion yondashuvi ham baholanadi.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar qimmatli mukofotlar bilan taqdirlanadi. Birinchi va ikkinchi o‘rin sohiblari Germaniyada o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro festivalda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ularning xakatonda ishlab chiqqan g‘oyalari nemis mutaxassislari tomonidan professional o‘yin mahsulotiga aylantiriladi va xalqaro auditoriyaga taqdim etiladi. Shuningdek, eng istiqbolli deb topilgan ikki loyiha 2026-yil yakuniga qadar to‘liq ishlab chiqilib, real raqamli ta’lim mahsulotiga aylantiriladi hamda pilot kutubxonalarda tashkil etiladigan “CheckZone” axborotni tekshirish hududlarida joriy etiladi.
Shu kecha va kunduzda
Toshkentda “InfoCheck Central Asia” xalqaro xakatoni boshlandi
Iqtidorli yoshlar – yurt kelajagi
XALQARO HAMKORLIK – TARAQQIYOT VA ILMIY YUKSALISH OMILI
Xalqaro hayot
O‘zbekistonning madaniy xazinasi Berlin sahnasida
Jarayon
VATAN HIMOYACHILARIGA TABASSUM ULASHGAN SAMIMIY UCHRASHUV
Dolzarb mavzu
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank