UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARI DIQQATIGA!
2025-yilda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻqish istagida boʻlgan oʻquvchilarning hujjatlari erp.maktab.uz elektron bazasidagi ma’lumotlar asosida onlayn qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchilarga qulaylik yaratish va hujjat topshirish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari tomonidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish talab etiladi:
Davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflardagi oʻquvchilarning tugʻilganlik haqida guvohnomasi ma’lumotlarini erp.maktab.uz elektron bazasi ma’lumotlariga mosligini tahlil qilish:
- tugʻilganlik haqida guvohnomaning seriyasi va raqami;
- familiyasi, ismi, sharifi * tugʻilganlik haqida guvohnoma bilan bir xil ekanligi;
- tugʻilgan yili, kuni, sanasi guvohnomada koʻrsatilgan sanaga mos kelishi.
Oʻquvchining amalda ta’lim olayotgan sinfi erp.maktab.uz elektron bazasida toʻg‘ri kiritilganligini koʻrib chiqish.
❗️erp.maktab.uz elektron bazasidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga shaxsan davlat va nodavlat umumiy oʻrta ta’lim maktablari direktorlari mas’ul ekanligi eslatib oʻtiladi.
Shu kecha va kunduzda
Muvozanat
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi
Ayblashdan oldin eshiting!
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun oʻquv-seminar o‘tkazilmoqda
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank