Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 10 ta fakt

Ajdodlar merosi − bebaho xazina Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 10 ta fakt
49


1.  Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tavallud topgan.


2. Boburning asl ismi Zahiriddin ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi sabab 3 yoshida “Bobur” laqabini olgan. “Bobur” so‘zi “sher” degan ma’noni anglatadi.


3.  Zahiriddin Muhammad Bobur ota tomondan Amir Temurga 5-avlod hisoblanadi.


4. Bobur otasining o‘limidan so‘ng 12 yoshida Farg‘ona taxtiga o‘tiradi.


5.  Bobur Afg‘onistonda “Bog‘i Shahroro”, “Bog‘i Jahonoro”, “O‘rtabog‘”, “Bog‘i  vafo” va “Bog‘i Bobur” nomli bog‘larini barpo qilgan.


6. Bobur juda kuchli va baquvvat bo‘lganidan ikki yelkasida ikki askarni ko‘tarib, qal’a devorlari ustida mashq qilgan.


7. Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilgan (1526-1858-yy.)


8. Bobur Ganga daryosini ikki marta suzib o‘tgan.


9. “Boburnoma” asari Boburning hayotini yoritib bergan tarixiy-memuar asardir.


10. “Boburnoma” asari dunyoning 31 tiliga tarjima qilingan.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta
  • #Talaba

Ulashish