Sayyora YORQULOVA, Olmaliq shahridagi 14-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
– Ayni kunlarda maktablarda Vazirlar Mahkamasining 823-qarori bo‘yicha direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlash masalasida ko‘pchilik o‘qituvchilarni Qarorning 8-bandi – sinfdan tashqari ishlar bo‘limidagi ballarni olish qiynayapti: - Kreativlikni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlar – 3 ball; - tanqidiy va tahliliy yondashish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi loyihalar – 5 ball; - iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ish olib borilsa – 10 ball. Mana shu 3 ta ballni o‘qituvchi qanday olishi mumkin? 10 ballni olish uchun yuqoridagi 3 ball va 5 ballni oldin olishimiz kerakmi, bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlagan bo‘lsa, 10 ball beriladimi?
– Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi
823-qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 1-ilovasida umumtaʼlim muassasalari
oʻqituvchilarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash
uchun baholash mezonlari keltirilgan.
Mazkur mezonlarning 8-bandi – “Sinfdan tashqari ishlar” koʻrsatkichi boʻyicha oʻqituvchilarga maksimal 10 ball berilishi nazarda tutilgan.
- Kreativlikni ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish – 3 ball;
- oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, tanqidiy va tahliliy yondashish koʻnikmalarini rivojlantiruvchi loyihalar hamda qoʻshimcha mashgʻulotlar olib borish – 5 ball;
Shunga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha ballar bajarilgan ishlarga qarab alohida belgilanadi hamda jami ball ushbu pozitsiya uchun belgilangan maksimal 10 balldan oshmasligi lozim. Bunda 10 ballik ko‘rsatkich bo‘yicha baholanish uchun avval 3 ballik va 5 ballik ko‘rsatkichlar bajarilgan bo‘lishi shart emas. Pedagog tegishli 10 ballik ko‘rsatkichda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirgan va bu tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirda mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri 10 ball bilan baholanishi mumkin.
Burhon URUNOV,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining
O‘quvchilar bilimini baholash,
tahlil qilish va apostil xizmatini ko‘rsatish boshqarmasi
bosh mutaxassisi
Shu kecha va kunduzda
Ilk bor ustozlar ishtirokida voleybol bo‘yicha respublika musobaqasi tashkil etildi
Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi
ADOLATNING TANTANASI
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank