Avgust o‘ylari…
Fikr

54
Hammasi yaxshi bo‘ladi! O‘sha kuni bu gapni necha bor o‘zimga aytganimni eslay olmayman... Har safar qo‘shimcha darslarga vaqtni bazo‘r taqsimlab qiynalganimda “O‘qishga kirsam, hammasini yangidan boshlayman”, deya o‘zimni ovutardim, hammasi o‘zgarishiga ishonardim va harakatda davom etardim. Lekin men xohlaganday bo‘lmadi. O‘qishga kira olmadim…
Nega? Axir tinimsiz harakat qilgandim, ishongandim. Uzoq o‘ylandim… Ichimda faqat og‘riq, tushunmovchilik, sukunat bor edi. Hammasiga qo‘l siltagancha hech kim yo‘q joylarga ketgim kelardi, ammo inson qayerda bo‘lmasin, o‘zidan qochib qutulolmas ekan. Eng og‘riqlisi, nima bilasizmi!? Atrofingizdagilarning nigohi: achingan, ta’mali, qayg‘urgan… Ahvolim qanchalik yomon bo‘lmasin kuchsiz, chorasiz ko‘rinishni xohlamas edim.
Vaqt o‘tgani sari o‘qishga kirish orzularga erishishning yagona yo‘li emasligini anglab yetdim. O‘zimni qo‘lga olgan holda harakat qilishni boshladim. Shu voqeadan keyin har gal yiqilganimda o‘zimni yanada yaqindan taniy boshladim. Har bir og‘riq qayta harakat qilishga undardi. Va men uddaladim: bir yil oldingi holatim bilan taqqoslaganda ancha ulg‘aydim.
Yana avgust yaqinlashmoqda! Biroq u endi men uchun sinov natijalaridan cho‘chiydigan emas, mehnati, nasibiga yarasha natija olinadigan oy. Aziz abituriyentlar, tengdoshim, bilim olishga bel bog‘lagan qadrdonim, hech qachon yiqilishdan qo‘rqmang, bu o‘quv yilida barchamizga yuqori ball bilan talabalikka tavsiya qilinish nasib qilsin!
Gulbahor RAVSHANOVA,
abituriyent
Shu kecha va kunduzda
Avgust o‘ylari…
Fikr
XORIJDA TA’LIM O‘ZBEK AYOLLARI NIGOHIDA
Xorijda ta’lim
“Va’da”ning taqdimoti
Yangi kitob
ChatGPT – AI haqida talabalar fikri: ChatGPT Giyohvand moddami?
Xalqaro hayot
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank