“FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH VA FUQARO MUHOFAZASI OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIR
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi “Umumkasbiy va umumilmiy fanlar” kafedrasi hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Uchtepa tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi harbiy xizmatchilari hamkorlikda bugun “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Тoshkent shahar Uchtepa tuman hududida joylashgan Toshkent davlat jahon tillari universitetida navbatdagi keng ko‘lamli profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari, kursantlar, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati, Uchtepa tuman hokimiyati axborot xizmati xodimlari, Uchtepa tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi harbiy xizmatchilari va Toshkent davlat jahon tillari universiteti ma’muriyati, professor-oʻqituvchilari, talabalar hamada OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mutaxassislar talaba-yoshlarga favqulodda vaziyatlarni oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xildagi tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligi, favqulodda vaziyatlarda хabardor qilish tartiblari hamda maxsus turdagi yong‘in o‘chirish va qutqaruv ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan maxsus texnikalar va asbob-anjomlarning texnik xususiyatlari xususida batafsil tushuntirib berdilar hamda sohaga oid targ‘ibot materiallarini ulashdilar.