Master-trenerlar tayyorlanadi

Jarayon Master-trenerlar tayyorlanadi
121

Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasidagi treningning yangi bosqichiga start berildi. Bunda 2025–2026-o‘quv yilida tashkil etiladigan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasidagi treningni o‘tkazish uchun master-trenerlar tayyorlanadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 21-iyundagi qarori bilan pedagog va mutaxassis kadrlarni kasbiy rivojlantirishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish vazifasi belgilandi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.



Treningda 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va hududiy pedagogik mahorat markazlaridan jami 273 nafar master-trenerlar ishtirok etmoqda. Maʼlmuot o‘rnida eslatib o‘tamiz, dastlab, ushbu tadbirlarni amalga oshirish maqsadida xalqaro hamkor xorijiy tashkilotlar, halqaro ekspertlar ishtirokida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” xalqaro anjumani o‘tkazilib, treninglarga start berildi.


Amaliy ijrosi sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Singapurning Marshall Kavendish xalqaro ta’lim tashkiloti hamkorligida maktab direktorlari uchun “Liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish” mavzusida 4 kunlik seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-treningda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 100 nafar direktor va direktor o‘rinbosarlari master-trener sifatida tayyorlandi. 


2025-2026-o‘quv yilida respublikamiz bo‘ylab barcha fan o‘qituvchilari qamrab olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, 11 ta fan jumladan, ijtimoiy, filologiya, tabiiy, aniq, xorijiy tillar hamda amaliy fan o‘qituvchilari KRK va KRS tadbirlariga jalb etilmoqda. 



11 ta yo‘nalishda 72 soatga mo‘ljallangan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining o‘quv dasturi hamda kontent materiallarini ishlab chiqish bo‘yicha Britaniya Kengashi hamda Buyuk Britaniyaning Norvich til ta’lim instituti, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ta’lim va hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy attashesi kabi xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Shuningdek, Institut va Hududiy markazlarning eng tajribali mutaxassislar qatoridan suhbat asosida saralanib, 292 nafar master-trenerlar guruhi shakllantirildi.

Nazokat XOLMETOVA,

"Ma'rifat" muxbiri

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish