O‘zbek va nemis adabiyotida xalq motivlari: Grimm ertaklari va o‘zbek xalq eposidagi mentalitet, qadriyat va timsollar tahlili

Bilasizmi? O‘zbek va nemis adabiyotida xalq motivlari: Grimm ertaklari va o‘zbek xalq eposidagi mentalitet, qadriyat va timsollar tahlili
84

Xalq og‘zaki ijodi har bir millatning ma’naviy merosi, tarixiy xotirasi va madaniyati aks etgan bebaho boylikdir. Har bir xalqning ertaklari, dostonlari va afsonalari o‘z davrining ijtimoiy hayoti, qadriyatlari, orzu-umidlari va axloqiy mezonlarini aks ettiradi. Nemis adabiyotida aka-ukaGrimmlarning ertaklari xalq ruhiyatini ifodalashda muhim manba bo‘lsa, o‘zbek adabiyotida Alpomish, Go‘ro‘g‘li singari xalq dostonlari millat tafakkuri va tarixini mujassamlashtiradi.


Nemis va o‘zbek xalq adabiyotidagi og‘zaki ijod namunalarini taqqoslash orqali ikki xalqning tarixiy, madaniy va axloqiy dunyoqarashidagi o‘xshashliklar hamda farqlarni ko‘rish mumkin. Aka-uka Grimmlarning ertaklaridan “Qizil qalpoqcha”, “Hansel va Gretel” yoki “Sohibjamol va maxluq” ko‘pincha axloqiy saboq, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash va kuchli xarakterlar orqali voqeani ifodalaydi. Shu bilan birga, ertaklarda sehrli unsurlar, afsonaviy mavjudotlar va g‘ayritabiiy voqealar markazda turadi. Bu orqali nemis xalqining orzu-umidlari, hayotdagi xavflar va ularga qarshi kurashish yo‘llari obrazli ravishda ifodalanadi.


O‘zbek xalq eposida esa, masalan, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustamxon” singari asarlarda tarixiy haqiqatga yaqin, real qahramonlar faoliyati tasvirlanadi. Bu asarlar o‘zbek xalqining qadimiy urf-odatlari, ijtimoiy tuzumi va oilaviy qadriyatlarini chuqur yoritadi. Qahramonlar odatda yurt, oilaviy sha’n va adolat uchun kurashadi. Ayniqsa, epik qahramon obrazlari jasorat, sadoqat va mardlik timsoli sifatida ifodalanadi.


Mentalitet darajasida tahlil qilganda Grimm ertaklaridagi asosiy urg‘u bolalarning axloqiy tarbiyasiga, yomonlikning jazolanishi va yaxshilikning g‘alabasiga qaratilgan bo‘lsa, o‘zbek xalq dostonlari ko‘proq yurtparvarlik, ota-onaga hurmat, do‘stlik va vafodorlik singari qadriyatlarni ulug‘laydi. Shu bilan birga, timsollar orqali ham o‘ziga xos tafovutlar kuzatiladi: Grimm ertaklarida ko‘pincha sehrgarlar, jinlar, devlar va hayvonlar timsolida xavf va sinovlar ifodalansa, o‘zbek eposida bu vazifani zolimlar, dushman qavmlar va tabiat to‘siqlari bajaradi.


Ikkala adabiy an’anada ham voqealar muayyan sababva oqibat zanjiri asosida quriladi. Biroq Grimm ertaklarida voqealar ko‘proq fantastik hodisalarga asoslangan bo‘lsa, o‘zbek dostonlarida realizm, tarixiylik va xalq ruhiyatiga mos rivoyatlar ko‘proq kuzatiladi.


Grimm ertaklari va o‘zbek eposlari orqali ikki xalqning mentaliteti, ya’ni dunyoqarashi va qadriyatlari seziladi. Buni quyidagi jadval orqali yana ham aniqroq tushunib olish mumkin.


Aspekt                                                        Nemis ertaklari                                                    O‘zbek eposlari


Asosiy qadriyat                                             Adolat                                                                        mehnatsevarlik

                                                                              sadoqat                                                                     Vatanparvarlik, oilaga sadoqat, mardlik

 

Qahramonlar                                               Oddiy odamlar, bolalar                                           Qahramon yigitlar, botirlar


  

Dushman timsoli                                       Sehrgar, yovuz ayol, yirtqich                                Zolim shoh, dushman qabilalar



Mazmun                                                         Axloqiy saboq, ogohlik                                          Kurash, sadoqat, jasorat



Taqqoslangan tahlillar orqali ko‘rish mumkinki, har ikkala adabiyot turida ham xalq donishmandligi timsollar orqali berilgan chuqur ma’no va milliy ruh bilan uyg‘unlikda ifodalangan.Bu jihatlar bizga adabiylikdan tashqari madaniyatlararo muloqot, o‘xshashlik va farqlilikni ham anglash imkonini beradi.


Farangiz SAYFIDDINOVA,

BuxDU talabasi

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish