Ta’limning ilk bosqichi 6 yoshdan boshlanadi

Jarayon Ta’limning ilk bosqichi 6 yoshdan boshlanadi
53

❗️Ta’limning ilk bosqichi 6 yoshdan boshlanadi


Prezident farmoniga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tizimi tubdan yangilanmoqda. Endi bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari majburiy ta’limning dastlabki bosqichi sifatida joriy etiladi.


2027–2028-o‘quv yilidan boshlab tayyorlov guruhlarini tugatgan bolalarga davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi.


Ushbu ma’lumot keyinchalik maktab shahodatnomasida ham qayd etiladi.


🏫 2026–2028-yillarda hududlarda “Yangi avlod” davlat bog‘chalari tashkil etiladi. Ular bolalarni rivojlantirish innovasion markazlari sifatida faoliyat yuritadi. Ushbu bog‘chalarda robototexnika, ijod, fan, til o‘rganish, jismoniy rivojlanish yo‘nalishlariga ixtisoslashgan o‘yin muhitlari yaratiladi.



Muhimi: 2026–2027-o‘quv yilida qabul tartibi o‘zgarmaydi. Bolalar avvalgidek 7 yoshga to‘ladigan yili 1-sinfga qabul qilinadi. Yangi tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi.


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish