Kitob do‘konlari nega kamaymoqda?!

Mutolaa Kitob do‘konlari nega kamaymoqda?!
35


Kitob do‘konlarining kamayishi – bu kitob o‘qish to‘xtadi degani emas, balki kitobxonlik shakli o‘zgarayotganidan dalolatdir.


Ayni paytda mavzu dolzarb va biroz og‘riqli ham. Ko‘chalarda kitob do‘konlaridan ko‘ra, ovqatlanish shoxobchalari va qahvaxonalarga ko‘proq duch kelamiz. Aytish kerakki, kitob tobora noyob va “muqaddas” buyumga aylanib, kundalik hayotimizdan chekinib borayotgandek. Aslida esa u tokchada saqlanadigan suvenir emas, balki ma’naviy ehtiyojimizni qondiruvchi asosiy manba bo‘lishi kerak. Qorin g‘amini qanday o‘ylasak, tafakkur chanqog‘ini ham kitob orqali to‘yintirishimiz zarur.


Raqamli dunyo ham bu jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Telefon ekranlari, qisqa videolar e’tiborni tez tortadi. Kitob esa sukut, sabr va mulohaza talab qiladi. Shunga qaramay, muammo kitobda emas – muammo bizning tanlovimizda. Kitob hanuz bor va bizni kutmoqda.


Bundan o‘n yilcha avval tuman markaziga borganimda kitob do‘konlariga kirmay qaytmas edim. Bugun esa “qayerda kitob do‘koni bor ekan?” degan savol o‘ylantiradi. Do‘konlar bor, ammo odamlar gavjum joylarda emas.


Qorin ochligi inson tanasini, ma’naviy ochlik esa butun jamiyatni zaiflashtiradi. Shu bois kitob do‘konlari safini kengaytirish, ularni qulay va jozibador qilish muhim. Masalan “Book Café” – kitob va qahvaxona uyg‘unlashgan joylarni ko‘paytirish kerakdir?!


Xullas, mashhur adib Archibald Maklish aytganidek: “Kitoblar o‘z-o‘zidan sotilib ketmaydi. Eng chiroyli muqova ham odamni uni o‘qishga majbur qila olmaydi.”

Otabek QOBILOV,

Chust tumanidagi Serob mahallasi

yoshlar yetakchisi


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish