“NAVOIYXON QIZLAR” TANLOVI

Iqtidorli yoshlar – yurt kelajagi “NAVOIYXON QIZLAR” TANLOVI
46

Guliston shahridagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan  “Navoiyxon qizlar” tanlovi tashkil etildi. Unda shahardagi 18 ta maktabdan 4-5-sinf o‘quvchi qizlari ishtirok etishdi.


Tanlov ikki shart asosida o‘tkazilib, birinchi shartda ishtirokchilar Alisher Navoiyning ruboiy va g‘azallaridan namunalarni ifodali o‘qishdi. Ikkinchi shartda esa shoirning bolalik yillari va ijodiy kamolot sari ilk qadamlariga oid ma’lumotlar bayon etildi.


Tanlov jarayonida ishtirokchi qizlarning Navoiyning ijodiga bo‘lgan qiziqishi, nutq madaniyati va tayyorgarligi yaqqol namoyon bo‘ldi.


Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra 17-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Marjona Mamatqulova mutlaq g‘olib deb topildi va diplom, pul mukofoti hamda badiiy kitoblar bilan taqdirlandi. 16- va 14- maktablari o‘quvchilari Mohlaroyim Olimjonova hamda Shohista Bahromovalar ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab, diplom va kitoblar bilan rag‘batlantirildi.


Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan barcha o‘quvchi qizlarga maqtov yorliqlari va badiiy adabiyotlar topshirildi.

Lola NOROVA,

Guliston shahar

Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi metodisti



Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish