Xodimning attestatsiyadan o‘tolmasligi, uning stavkasini kamaytirishga asos bo‘ladimi?

Bilasizmi? Xodimning attestatsiyadan o‘tolmasligi, uning stavkasini kamaytirishga asos bo‘ladimi?
44



Savol: 27 yildan beri tarbiyachi bo‘lib ishlayman. Ma’lumotim oliy, 2025-yil bahorgi, kuzgi attestatsiyadan kompyuter savodxonlik bilimim sustligi komyuterim yo‘qligi sababli o‘ta olmadim. Rahbar ish soatimni 0.5 stavkaga o‘tishimni talab qildi. 


Javob: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 44-1-bandiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan mutaxassis(oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan uch marta jalb etiladi. 


Bunda uch martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz(kasallikka chalinishi oqibatida uzoq muddatli mehnatga qobiliyatsizlik hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmagani sababli bekor qilinadi. 


❌ Shunga ko‘ra, sizdagi vaziyatda sizning stavkangizni kamaytirish mumkin emas. 

❗️  Xodimning attestatsiyadan o‘tolmasligi uning stavkasini kamaytish asosi bo‘lmaydi. 

🚫 Xususan, Mehnat kodeksining 137-moddasi qoidalarida ham bunday asos nazarda tutilmagan. 

❗️ Bu holatda siz tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.




Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Og‘riq
  • #Anketa
  • #Huquq
  • #Ijtimoiy hayot

Ulashish