2025-yil universitetlarga qabul jarayoni qay tartibda amalga oshiriladi?

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil universitetlarga qabul jarayonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bu tizimning afzalligi shundaki, abituriyentlar test natijalariga qarab oliy ta’lim muassasasini tanlashadi.
birinchi bosqich: test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish;
ikkinchi bosqich: OTM va yo‘nalish tanlash.
Birinchi bosqichda abituriyentlar faqat quyidagilarni tanlaydi:
• test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi;
• ta’lim tili;
• test topshirish hududi;
• agar ijodiy yoki kasbiy imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTM. Test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish 20 kun ichida amalga oshiriladi. 5-iyun – 25-iyun (shu kuni ham). Test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
Ikkinchi bosqichda Abituriyent o‘zining test natijalariga qarab:
• oliy ta’lim muassasasini;
• bakalavriat ta’lim yo‘nalishini;
• ta’lim shaklini tanlaydi.
Abituriyentlar test natijalariga qarab OTM va yo‘nalish tanlash uchun 15 kun vaqtga ega bo‘lishadi. O‘qishga kira olmaganlar uchun imkoniyatlar mavjud. Agar abituriyentlar OTMga kira olmasa, ular to‘plagan bali bilan kollej yoki texnikum tanlashi mumkin. OTMga qabul natijalari e’lon qilingandan so‘ng yana 10 kun ichida kollej yoki texnikumlarga hujjat topshirish imkoniga ega bo‘ladi.
Shu kecha va kunduzda
Donald Tramp: “Prezident Mirziyoyev – bir so‘zli inson..."
Ikki davr, bir maqsad: Behbudiy va Sulton Qobus merosi
Aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari
Oliy ta’lim vazirligi: “Superkontrakt” to‘liq bekor qilindi degan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Italiyaning Tushia universiteti xorijdagi birinchi filialini Samarqandda tashkil etadi

Nodavlat ta’lim muassasalari ishonchsizmi?

Dissertatsiyalar amaliyotdan uzilib qolmoqda!
