Ustoz bor joyda – ta’lim, taraqqiyot va yuksalish bor
Daxldorlik
31
Har bir kasbning o‘z ustozi,
har bir yutuqning ortida esa uning mehnati bor. Ayniqsa, Vatan mudofaasi uchun
mas’uliyatni zimmasiga oladigan, el-yurt tinchligi va xavfsizligini
ta’minlashdek sharafli vazifaga tayyorlanadigan kadrlar tarbiyasida
ustozning o‘rni beqiyos.
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida 1 oktyabr – O‘qituvchi va
murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir ana shu haqiqatni yana bir
bor namoyon etdi. Tadbirda universitet rahbariyati, Mudofaa vazirligi
faxriylari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, kursantlar va askarlar
ishtirok etdi.
Tadbir avvalida universitet
boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari general-mayor Farhodjon Shermatov so‘zga
chiqib, harbiy kadrlarni tayyorlash, ularning kasbiy va ma’naviy salohiyatini
yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan universitet jamoasini samimiy
muborakbod etdi.