Ilm – o‘zlikni bilmakdir

“Ma’rifat” gazetasining shu yil 26-mart sonida “Ta’limga zarbaning katta-kichigi bo‘lmaydi” sarlavha ostida tanqidiy maqola chop etilgan edi. Unda Beruniy shahrida tashkil etilganligiga hali ko‘p bo‘lmagan “MY DREAM SCHOOL” xalqaro nodavlat ta’lim maktabi faoliyatiga maktab old qismidagi panjara qilingan joy “yer talosh” majorasi tufayli dars jarayonlariga ta’sir qilinayotganligi aytilgan edi. Tanqidiy maqola so‘ngida esa “MY DREAM SCHOOL” maktabining 16 nafar o‘quvchisi Birlashgan Arab Amrliklarining Dubay shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro olimpiadaga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Kuni kecha o‘sha olimpiadada ushbu maktabning o‘quvchisi: Sobirova Shaxina Mental arifmetikadan oliy o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘quvchilarning 5 nafari 1-o‘rinni – Sobirova Maxina ingliz tilidan, Baxadirov Shoxruz matematikadan, Zaripov Elbek ingliz tilidan, Aytbayev Sherzod Mental arifmetikadan, Shukrullayev Iso matematikadan olishga muvaffaq bo‘ldilar, – deydi “My dream school” xalqaro maktabi direktori Saida Yusupova. Ikkinchi o‘rinni esa 4 nafar o‘quvchimiz Xaliuratov Muslim, Nuraddinov Ulug‘bek, Davletbayev Bexruzlar esa mental arifmetikadan, Rajapbayeva Maxliyo ingliz tilidan qo‘lga kiritdi.
G‘olib o‘quvchilarning ustozlari Allaniyazova Xilola, Ruzmetova Mexribon, Saparbayeva Guljahon, Allambergenova Moxidalar ham “ASIAN CUP” international competition rahbariyati tomonidan statuetkalar bilan taqdirlanishdi.
Biz ham ushbu ta’lim muassasasining yana bir nufuzli Xalqaro olimpiadadagi mutloq g‘alabasi ̶ sakkiz davlatdan kelgan o‘quvchi bolalar o‘rtasida eng bilimli bolalar o‘qiyotganligi bilan tabriklaymiz!
Ma’murjon QIYOMOV
Shu kecha va kunduzda
“Bu manzilga yetguncha ota-onamni ko‘p qiynaganman”
XXI ASR RITSARLARI
O‘zbekistonda aholining to‘g‘ri ovqatlanishini baholash boshlandi
ChatGPT'ning haftalik foydalanuvchilari soni 700 millionga yetmoqda
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank