JAHONNING BIRINCHI LEDISI
Siz nima deysiz?
964.webp)
597
1921-yilning avgustida 39 yashar Franklin Ruzvelt poliomielit kasaliga chalinib, oyoqlari shol bo‘lib qoladi. Shu sababli onasi undan jamoat ishidan uzoqlashishini talab qila boshlaydi. Lekin xotini Eleonora bunga qat’iyan qarshilik qiladi. Xotinining qo‘llab-quvvatlashi bilan Franklin kasallik bilan kurasha boshlaydi, lekin umrining oxirigacha u faqat kolyaska yordamidagina harakatlana olardi. Ko‘p yillar o‘tgach, Eleonora o‘z xotiralarida “erimning kasali meni mutlaqo o‘z oyoqlarim ustida uxlashimga majbur qilar edi...“ deya eslaydi. 1921-1922-yillarning qishini o‘z “hayotidagi eng og‘ir sinov yillari“ sifatida eslaydi. O‘sha payt Franklin Delano Ruzvelt siyosat bilan astoydil shug‘ullana boshlagan yillar bo‘lib, Eleonora ham siyosatga qiziqa boshlaydi. “Erining qiziqishi bilan yashamoqlik har bir ayolning burchidir“, der edi u. Doimo xotini Eleonoraning e’tibori cho‘qqisida, mehrining alangasida bo‘lgan kasalmand Ruzvelt 1932-yilgi AQSH prezidenti saylovida mamlakatni iqtisodiy krizisdan (“Buyuk depressiya“) olib chiqa olmagan o‘z raqibi, amaldagi prezident G. Guver ustidan katta g‘alabaga erishadi. Nyu Yorkda chiqadigan mashhur jurnal bu voqeaga bag‘ishlagan maqolasida jumladan “Ushbu daqiqadan boshlab odamlar tiz cho‘kib turadilar hamda Franklin Ruzvelt Oq Uyga kelgani uchun Xudoga hamd-u sanolar aytadilar“ deb yozadi.
• Erining qiziqishi bilan yashamoqlik har bir ayolning burchidir.
• Kelajak o‘z orzu-havaslarining go‘zalligiga ishonganlarnikidir.
• O‘zingizning roziligingizsiz hech kim sizni noraso odamman deya o‘ylanib qolishingizga majburlay olmaydi.
• Kishining fe’l-atvori bolaligidan boshlab toki o‘lgunicha shakllanib boradi.
• Ayol kishi xuddi quruq choy kabidir. Toki u qaynoq suvda damlanmagunicha hech qachon uning naqadar o‘tkir-quyuq bo‘la olishini bilib bo‘lmaydi.
• Siz o‘zingiz qaror topgan hamda o‘z qo‘rqinchlaringiz yuziga dadil qaray olgan har bir hayotiy tajribangizdan o‘zingizga kuch, mardlik va ishonch
topasiz.
• Buyuk aqllar g‘oyalarni muhokama qiladi. O‘rtacha aqllar voqealarni muhokama qiladi. Yuza aqllar esa odamlarni muhokama qiladi.
• Kecha bu — tarix, erta bu – sir, bugun esa – taqdir taqozosi, sovg‘asi.
• Mabodo siz rostakamiga biror narsa bilan qiziqa boshlasangiz, bu albatta sizni boshqa bir narsaga olib keladi.
• Qo‘rqinchning ko‘ziga dadil qaralganida kuch, jasurlik hamda ishonchga ega bo‘linadi. Qilishingiz mumkin emasdek bo‘lib ko‘ringan narsalarni qilish kerak.
• Mabodo hayotni bashorat qilish mumkin bo‘lganida edi, u hayotligini hamda o‘z lazzatini yo‘qotar edi.
• Xafa bo‘lib qolishdan qo‘rqqanliklari uchun juda ham ko‘plab odamlar yolg‘izlanib qolishadi. Boshqalar bizlarga g‘amxo‘rlik qilishmaydi, hamdard bo‘lishmaydi degan xayol bilan, biz odamlarga g‘amxo‘rlik qilishdan qo‘rqamiz.
• Biror-bir bajargan ishimni to‘g‘ri deb hisoblagan bo‘lsam doimo dalil, asos, izoh ko‘rsatishga tayyor bo‘lganman, lekin hech qachon kechirim so‘ramaganman.
• Har kuni senga vahima bo‘lib ko‘rinadigan ishni bajarish kerak.
• Mabodo o‘zingiz yo‘l qo‘ymasangiz hech kim sizga o‘zingizni yomon his qildira olmaydi.
• Hayotiy tajriba bizlarga ko‘rsatishicha, doimo kutilmagan voqealar sodir bo‘ladi.
• Bolalar doimo ularga qaratilmagan suhbatlarni diqqat qilib eshitishadi.
• Kimki pulini yo‘qotsa ko‘p narsa yo‘qotadi; kimki do‘stini yo‘qotsa undan ham ko‘proq narsani yo‘qotadi; kimki iymonini yo‘qotsa barini yo‘qotadi.
• Nimaniki ko‘ngling tusasa, shuni qilgin. Chunki seni baribir g‘iybat qiladilar. Buni qilganing uchun seni so‘kadilar, buni qilmaganing uchun ham baribir so‘kadilar.
• O‘zgalar ushbu siz qilgan ishni ahyon-ahyonda qilishlarini bilganingizda edi, ular siz haqingizda nimalar deb o‘ylayotganlari bilan tashvishlanmagan bo‘lardingiz.
• Uyg‘onganidan so‘ng o‘rnidan turishga uzoq vaqt sarflovchi odam hamda o‘rnidan turganidan so‘ng uyg‘onishiga uzoq vaqt sarflovchi odam hech narsaga erisholmaydi.
• Qo‘rquvning ko‘ziga tik qaray olinganidagina kuch, mardlik va o‘ziga ishonchga erishiladi. Ko‘zingiz yetmagan ishni qilish kerak.
• Baxt – bu maqsad emas, balki uchrab qoladigan samara.
• O‘zingiz o‘zingiz bilan do‘st bo‘lishingiz juda ham ahamiyatlidir, chunki busiz siz bu olamda hech kim bilan do‘st tutina olmaysiz.
• Yangi kun bilan yangi kuch va yangi fikrlar keladi.
• Mabodo ona farishtadan eng foydali xususiyatni tug‘ilayotgan farzandiga tilashi mumkin bo‘lganida edi, ushbu tilanadigan in’om bilimga intilish, olamga qiziqish bo‘lar edi.
• Mabodo kimdir sizni sotgan bo‘lsa, bu ularning aybi; mabodo
ular sizni ikkinchi bora ham sotgan bo‘lishsa – endi bunda siz o‘zingiz aybdorsiz.
• Fahmlash bu ikki taraflama harakatdir.
• Tarixni, aytaylik Yevropa tarixini biluvchilar biror-bir dinning ta’limda yoki davlat boshqaruvida ustun bo‘lmoqligi hech qachon biror-bir xalqda omadli bo‘lmaganligi haqida menimcha men bilan hamfikrdirlar.
• Saylov kampaniyasi bo‘layotgan davrda ayol kishining xulqi: hech qachon kechikib qolma; inson uchun mumkin bo‘lgan darajada juda kamgap bo‘l; avtomobilda suyanchiqqa suyanginki, hamma prezidentni ko‘rsin.
• Men qorong‘ilikni la’natlab o‘tirishdan ko‘ra shamni yoqishni afzal bilaman.
Mansurxon TOIROV,
O‘zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi a’zosi,
fizika-matematika fanlari doktori,
professor
Shu kecha va kunduzda
“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati start oldi
Dolzarb mavzu
Oʻqituvchiga qoʻl koʻtargan kim?
Munosabat
JSST onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga bepul dori-darmonlar yetkazib beradi
Salomatlik
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan ayrim oilalarga subsidiya ajratiladigan boʻldi va ularni qoʻllab-quvvatlashning yangi instrumentlari yaratiladi
Salomatlik
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank