“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta’sis etildi

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi.
Qonunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.
Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy etishda, yashil hududlarni kengaytirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko‘rsatgan, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlarga va sohaning boshqa vakillariga, shuningdek, mazkur yo‘nalishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotgan ekofaollarga beriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Shu kecha va kunduzda
Internet bolalarga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
FVV AKADEMIYASIDA IJODIY UCHRASHUV HAMDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
FVV AKADEMIYASIDA IJODIY UCHRASHUV HAMDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
Gʻalati mavsumning jozibadorligi qayerda yoki davriy nashrlarga an’anaviy obunani kim qanday qarshi olmoqda?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank