Xorijlik talabalari nimadan norozi?

“Real muammolar yechimsiz qolmoqda” – Toshkent tibbiyot akademiyasi xorijlik talabalari nimadan norozi?
Yaqinda Milliy statistika qoʻmitasi 2024-2025-oʻquv yili boshida respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgani haqida ma’lumot bergan edi. Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda tahsil olayotgan har ikki xorijlik talabaning bittasi hindistonlik.
Reddit ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan hindistonlik birinchi kurs talabasi oliygoh haqida yozgan posti muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. U asosan ta’lim tizimi, undagi kamchiliklar, o‘qituvchilarning ingliz tilini yaxshi bilmasligidan norozi ekanligini bildirgan. Quyida talabaning fikrlarini to‘liq holatda keltiramiz:
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi – shunchaki dahshat. Bu yerga kelmang (hindistonlik 1-kurs talabasi tajribasi va shikoyati).
Men Hindistondanman, 2025-yil fevralida Toshkent Tibbiyot Akademiyasiga (TTA) 1-kursga o‘qishga qabul qilindim. To‘g‘risi, bu joyda o‘qish yaxshi bo‘ladi deb o‘ylagandim arzon kontrakt, chet elda MBBS, yaxshi muhit va hokazolar. Lekin fikrlarim butunlay noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Bu yerda ta’lim sifati, ayniqsa, biz xorijiy talabalar uchun juda past darajada.
Birinchidan, o‘qituvchilar deyarli ingliz tilida gaplashishmaydi. Hazillashmayapman, go‘yoki Google Translate’dan matn o‘qiyotgandek, g‘alati ohangda gapirishadi. Biz qanday qilib tibbiyot o‘rganamiz, agar o‘qituvchini tushunmasak? Ular bizni 4 SOAT ingliz tili darslariga tiqib qo‘yishadi, men bu yerga alifbo va grammatika o‘rganishga emas, anatomiyani o‘rganishga kelganman! Anatomiyadan 1 soat 20 daqiqa dars bo‘ladi, lekin u ham kulgili. Ular hech nima o‘qitmaydi. O‘qituvchi keladi, darslikni ko‘rsatadi, va “mana mavzu, o‘rganinglar”, deb chiqib ketadi. Ba’zida: “keyingi dars onlayn bo‘ladi” deyishadi, lekin hech qanday onlayn dars bo‘lmaydi. Biz asosan o‘zimiz mustaqil o‘qimoqdamiz, ular esa oylik olishadi va kerak bo‘lsa bizni mensishmaydi.
Keyin dekan bor. Bu odam to‘liq telba. Doim soqolimiz haqida gapiraveradi, “vazirlik qoidalari” deb. Lekin, aka, tinchlaning — soqolim imtihonlardan yiqitmayapti-ku! U dekanning o‘zi ham befoyda — muammolarni hal qilmaydi. Talabalar yotoqxonasi esa qulab tushyapti. Ayniqsa hind talabalar uchun. Yotoqxonadagi hojatxonalar oyda bir marta tozalanadi — omadimiz kelsa. Hamma joyda mog‘or, suv oqib ketgan, quvurlar sinib yotibdi. Har haftada kimdir qizamiq (kor) bilan kasallanadi. Ularning “aqlli” yechimi — bizni navbatga qo‘yib, ixtiyoriy vaksina qilishadi, xuddi hayvon bozorga olib kelingandek. Bu yerda gigiyena degan narsa yo‘q.
Darslar shu darajada yomonki, qayerdan boshlashni bilmayman. O‘qituvchilar darsga kelishsa ham, faqat slaydlardan o‘qib berishadi yoki “o‘zinglar o‘rganinglar” deyishadi. Qanday qilib yaxshi shifokor bo‘lamiz, agar hech narsa o‘rgatishmasa? Imtihonlar esa to‘liq spektakl. Ularga kerakli 50 ta savolli PDF fayl berishadi, yodlab olamiz, keyin kompyuterda test topshiramiz. Savollar deyarli to‘liq PDF’dan. Yodla, topshir va o‘t. Faqat yod olish, boshqa hech narsa. Bilim yo‘q, tushunish yo‘q. Oson deyishingiz mumkin, lekin ma’no yo‘q. Men bu yerga faqat yodlab olish uchun kelmaganman — haqiqiy tibbiyot o‘rganish uchun kelganman. Bu joy esa yarim savodli “shifokorlar”ni ishlab chiqaradigan zavodga o‘xshaydi. Bu “shou”ni Hindiston Tibbiyot Kengashi qanday qilib tan olgan? Kimdir bu joyni tekshirishi kerak.
Shu kecha va kunduzda
Ilmiy hamkorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirish yo‘lida
Mehr, sabr va muhabbat ramzi
Endi talabalar xorijda ishlash va sayohat qilish dasturi xarajatlarini qoplash uchun foizsiz qarz(ssuda) olishi mumkin
Xorijlik talabalari nimadan norozi?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Ilmiy hamkorlik va madaniy aloqalarni rivojlantirish yo‘lida

Endi talabalar xorijda ishlash va sayohat qilish dasturi xarajatlarini qoplash uchun foizsiz qarz(ssuda) olishi mumkin
37.jpg)
OTMlarda jinoyatchilik statistikasi eʼlon qilindi
