Abituriyentlar diqqatiga!

Bilasizmi? Abituriyentlar diqqatiga!
54

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

      

❗️ 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.


📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

 

✅Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali  berilmoqda.


⚡️ Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz. 


❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.


📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.


❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!


⭐️ Barcha abituriyentlardan ruxsatnomalarini yuklab olishlari so‘raladi!!!


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:

Telegram (https://t.me/BaholashUz) | Facebook (https://www.facebook.com/dtmuzb/) | Instagram (https://instagram.com/dtmuzb/) | YouTube (https://www.youtube.com/@BaholashUz)

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish