Aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari

Jarayon Aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari
58

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tashkilotchiligida poytaxtimizda 2025-yilning 25-26-sentabr kunlari “Aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, nufuzli universitet va ilmiy institutlar olimlari, turli sohalar tadqiqotchilari, akademiya professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanish olib borayotgan yosh olimlar hamda 20 dan ortiq davlatlardan kelgan xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholi va hududlarni seysmik xavf-xatarlardan himoya qilishning ilmiy va amaliy yechimlarini topish, zamonaviy zilzilabardosh qurilish texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, aholining seysmik madaniyatini oshirish, qutqaruv xizmatlari va aholi harakatlarini muvofiqlashtirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdan iboratdir.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar – aholi o‘rtasida seysmik xavfsizlik qoidalarini keng targ‘ib qilish, qurilish sohasida zamonaviy material va texnologiyalarni qo‘llash, hududlarning seysmik monitoringini kuchaytirish –barqaror xavfsizlikni ta’minlashda hal qiluvchi omil hisoblanishini, xorijiy ekspertlar ham so‘zga chiqib, o‘z mamlakatlaridagi tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar va O‘zbekistonda tashkil etilayotgan bunday nufuzli xalqaro anjumanlar ilm-fan hamda amaliyot uyg‘unligini ta’minlashda muhim maydon bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladilar.

Anjumanda nufuzli universitetlar olimlari, ilmiy institutlar tadqiqotchilari va yosh olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, zamonaviy yondashuvlar, ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalarni taqdim etdilar. 

Anjumanda bildirilgan ilmiy taklif va tavsiyalar kelgusida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, sohaviy dastur va loyihalarni ishlab chiqish, shuningdek aholi va hududlarning umumiy xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.


O‘zbeksiton Respublikasi 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 

akademiyasi axborot xizmati

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish