Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ekran vaqti bo‘yicha tavsiyalar

Bilasizmi? Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ekran vaqti bo‘yicha tavsiyalar
39



Angliyada besh yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalari uchun ekran vaqti bo‘yicha rasmiy tavsiyalar e’lon qilindi.


🔍 Tadqiqotlarga ko‘ra, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarning qariyb 98 foizi har kuni ekran tomosha qiladi. Ota-onalar, o‘qituvchilar va bog‘cha xodimlari esa bolalar suhbatni davom ettirish va o‘qishga diqqatni jamlashda qiynalayotgani bildirishgan.


⏱️ Kuniga taxminan 5 soat ekran qarshisida vaqt o‘tkazadigan bolalar atigi 44 daqiqa tomosha qiladigan tengdoshlariga nisbatan kamroq so‘z boyligiga ega ekani aniqlangan.


📚 Yangi yo‘riqnomalar ota-onalarga ekran vaqtiga muqobil mashg‘ulotlar topishda ham yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yuqori daromadli oilalarda ikki yoshli bolalarning 77 foiziga har kuni kitob o‘qib eshittiriladi, past daromadli oilalarda esa bu ko‘rsatkich 32 foizni tashkil etadi.


🗣 Ta’lim vaziri Bridjet Fillipson:


“Ekranlar bugun oilaviy hayotning bir qismiga aylangan. Masala — ulardan foydalanish yoki foydalanmaslikda emas, balki qanday to‘g‘ri foydalanishda.”


U ota-onalarga planshetda birgalikda ertak o‘qish yoki ta’limiy o‘yinlardan foydalanishni tavsiya qildi.


📊 So‘rovnomalarga ko‘ra, ota-onalarning 40 foizi ekran vaqtini kamaytirish farzandining maktabda yaxshi o'qishiga yordam beradi, deb hisoblaydi.

👶 Mutaxassislar ta’kidlashicha, bolalar eng atrofni jonli muloqot, yuz ifodalari, suhbat, qo‘shiq va o‘yin orqali o'rgangani maqul.


🎒 Shuningdek, maktabda bolalar o‘qishga e’tibor qaratishi, sinfda telefon va ijtimoiy tarmoqlar chalg‘ituvchi omil bo‘lmasligi kerakligi qayd etiladi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta
  • #Maktab
  • #Og‘riq
  • #Bog‘cha

Ulashish