Bir martalik moddiy yordam ajratiladi

Siz nima deysiz? Bir martalik moddiy yordam ajratiladi
327


❗️Ayrim toifadagi oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi 


✅Qarorga kora, 2025/2026 yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:


🔹Reyestrlarga kiritilgan oilalarga; 


🔹“mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga. Bunda “mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida, birinchi navbatda, quyidagilar inobatga olinadi:


▪️boquvchisini yo‘qotgan oilalar; 


▪️a’zolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar;


▪️nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar;


▪️uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar;


▪️o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar;


▪️nogironligi bo‘lgan shaxslar; 


▪️3 va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz ta’minoti bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar.


📝Qo‘shimcha ravishda shakllantiriladigan ro‘yxatdagi oilalar soni Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.


Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish