“El-yurt umidi” stipendiyasi taʼsis etildi.

Oliy ta’lim “El-yurt umidi” stipendiyasi taʼsis etildi.
45

Davlatimiz rahbari yosh avlodning bilim olishi va oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga doimo eʼtibor qaratib kelmoqda. Shu maqsadda qabul qilingan muhim hujjatlardan biri – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonga binoan, bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan eng iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “El-yurt umidi” stipendiyasi taʼsis etildi.


Stipendiya gʻoliblari shaffof va adolatli tanlov asosida, test sinovlari va suhbatlar natijalariga koʻra aniqlanadi. Testlarda nomzodlarning intellektual salohiyati, tahlil qila olish qobiliyati, kreativligi va psixologik barqarorligi baholanadi.


Xalqaro reytinglarda yuqori oʻrinlarni egallagan (birinchi 100 talik) xorijiy universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlariga grant asosida qabul qilingan talabalar va  birinchi 300 talikka kirgan xorijiy oʻquv yurtlariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turar joy xarajatlari uchun ham “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovsiz beriladi. Bu stipendiya oʻqish xarajatlarini toʻliq qoplaydi.


Bundan tashqari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning birinchi 20 talikka kirgan xorijiy universitetlarga bakalavriat bosqichiga kamida 50 foiz grant asosida qabul qilingan bitiruvchilariga ham “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovsiz taqdim etiladi.


Ushbu stipendiya yoshlarga xalqaro miqyosda bilim olish va oʻz salohiyatini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi, mamlakatimiz ravnaqiga hissa qoʻshadigan yetuk kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.


Nihola ABDUMALIKOVA, 

OʻZJOKU talabasi

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish