Eng ko‘p maosh oladigan o‘qituvchilar qayerda?

O‘qituvchiga to‘lanadigan maosh turli davlatlarda bir-biridan farq qiladi, bu esa mamlakatning ish haqi va kompensatsiya qonunlari, tajribasi, va o‘qitish darajasiga qarab o‘zgaradi. Quyida o‘qituvchi maoshi bo‘yicha mamlakatlar ro‘yxati keltirilgan, bu sizga o‘qituvchi sifatida qayerda ishlashni tanlashda yordam beradi.Lyuksemburg
OECD(The Organization for Economic Cooperation and Development) hisobotiga ko‘ra, Lyuksemburg(Yevropa mamlakati) o’qituvchilar orasida dunyodagi eng yuqori maosh oladi. Boshqa manbaga ko‘ra, bakalavr darajasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z faoliyatini boshlagach, yillik €67,000 ($70,323.20) boshlang‘ich maoshga ega bo‘ladi.
O’qituvchi staji oshishi qarab, masalan 10-15 yil bo’lsa, mos ravishda €20,000 ($20,992) va €31,000 ($31,488)ga oshadi. Shuningdek, so’nggi 30 yilda maosh €119,000 ($124,902.40)ga yetishi kutilmoqda, bu boshlang‘ich maoshdan €52,000 ($54,579.20) ko‘payadi.
Shveytsariya
Shveytsariya dunyodagi o‘qituvchilarga eng yuqori maosh to’laydigan mamlakatlar qatorida. Manbalarga ko‘ra, o‘rta maktab o‘qituvchisi o‘z faoliyatini boshlagach 71,500 Fr ($73,646.93) maosh oladi, shu jumladan bonuslar, qo‘shimcha ish haqi mavjud.
Mamlakatda o‘qituvchilarning maoshi tajriba va ta’lim darajasiga qarab belgilanadi. Aniqrog‘i, magistratura darajasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi bakalavr darajasiga ega o‘qituvchidan yuqori maosh oladi.
Eslatma: Shveytsariyada o‘rta maktab o‘qituvchisi bo‘lish uchun ta’lim bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lish kerak.
Germaniya
Germaniya Lyuksemburgdan keyin OECD(The Organization for Economic Cooperation and Development) ro‘yxatida o‘qituvchi maoshi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatorida ikkinchi o‘rinda turadi. Manbalarga ko‘ra, Germaniyada boshlang‘ich o‘qituvchilar uchun oylik maosh 1,300 EUR ($1,364.48) dan boshlanadi, tajribali o‘qituvchilar esa 4,500 EUR ($4,723.20) olishadi. Ya’ni o‘qituvchilarning maoshi tajriba darajasiga qarab belgilanadi.
Aniqroq qilib aytganda, yosh o‘qituvchi(ikki yildan kam tajriba) oyiga 1,480 EUR ($1,553.41) olishadi. 2–5 yillik tajribaga ega o‘qituvchi taxminan 1,980 EUR (A $2,078.21) olishni kutmoqda.
Shu kecha va kunduzda
Yo‘qolgan bolalik
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari taklif etilmoqda
1-avgustdan maktab va bog‘cha xodimlari oyliklari 10 foizga oshiriladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank