Kelajak uchun xorijiy til
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 110-maktabda amalga oshirilayotgan “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida Toshkent shahridagi umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari hamda xorijlik mutaxassislar ishtirokida o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.
Mazkur seminarlar xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy va xorijiy mutaxassislar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida o‘tkazilmoqda.
O‘quv seminarlarida xalqaro tajribaga ega mutaxassislar tomonidan xorijiy tilni samarali o‘qitish usullari, dars jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish, o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan mavzular muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Oʻquv-seminarda har bir maktabdan jami 978 nafar oʻqituvchilar ishtirok etmoqda.
Shu kecha va kunduzda
Kaliforniya Universiteti Tramp bosimiga qaramay rekord darajada talabalar qabul qildi
FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLANADIGAN O‘QUVCHILAR UCHUN ONLINE FOYDALI PLATFORMALAR
JSST jahon tibbiyotidagi 5 ta eng muhim yutuqni e’lon qildi
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA NAVBATGA QO‘YISHDA IMTIYOZGA EGA BOLALAR
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
Kaliforniya Universiteti Tramp bosimiga qaramay rekord darajada talabalar qabul qildi
FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLANADIGAN O‘QUVCHILAR UCHUN ONLINE FOYDALI PLATFORMALAR
JSST jahon tibbiyotidagi 5 ta eng muhim yutuqni e’lon qildi