Nazoratchilar abituriyentga test yechishda yordam berdimi?

Nazoratchilar abituriyentga test yechishda yordam berdimi? — Agentlik izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda kirish imtihonlarining birida guruh nazoratchilari bir abituriyentga yordamlashayotni aks etgan video va rasmlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 15-iyul kuni 2-smenada Sirdaryo viloyatida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligining binosida bo‘lib o‘tgan test sinovida Muzaffarxon I.Q. 9-guruhda test sinovlarini topshirgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan integratsiya orqali real vaqt rejimida olingan ma’lumotga asosan mazkur abituriyent nogironligi bo‘lgan shaxs toifasiga kiritilganligi aniqlangan.
Test jarayonida abituriyentning o‘ng qo‘lida muammo (qaltirash) mavjud bo‘lgani sababli, javoblar varaqasini mustaqil ravishda belgilashda qiyinchilik yuzaga kelgan. Shuning uchun guruh nazoratchisi tomonidan abituriyentga doirachalarni bo‘yashda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Ushbu yordam test sinovi o‘tkazilayotgan guruhdagi barcha abituriyentlarning roziligi asosida, Bilimni baholash agentligi vakillari va nazoratchilar ishtirokida, shaffoflik va xolislik tamoyillariga rioya qilingan holda amalga oshirilgan.
Shu kecha va kunduzda
“DOLZARB 90 KUN” 152-Maktab faoliyatida
Nazoratchilar abituriyentga test yechishda yordam berdimi?
“O‘ZBEK-OZAR RISHTALARI ABADIYAT SOHILIDA BOG‘LANMISHDIR...”
Yo‘qolgan bolalik
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari taklif etilmoqda

1-avgustdan maktab va bog‘cha xodimlari oyliklari 10 foizga oshiriladi
464.webp)
Modifikatsiyalangan gerpes virusi melanomaga qarshi samarali ta'sir ko'rsatadi.
