Nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yangi tartib asosida yo‘lga qo‘yiladi

⚡️Nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yangi tartib asosida yo‘lga qo‘yiladi
Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga muvofiq, xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi:
✅ Ikki bosqichli tashkil etish: avvalo lisenziya olish, so‘ng ta’lim dasturini akkreditatsiyadan o‘tkazish. Akkreditatsiyadan o‘tmagan dasturlar asosida talabalarni qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.
✅ Moliyaviy barqarorlik: faoliyat boshlanganidan so‘nggi 5 yilda sof foydaning 80 foizi, keyingi yillarda esa 50 foizi qayta ta’lim faoliyatiga sarflanishi shart.
✅ Ustav kapitali: moddiy-texnik baza, dasturiy ta’minot va infratuzilmani qamrab olgan aniq ustav kapitali shakllantiriladi. Talabalar soni ortgan sari kapital miqdori ham bosqichma-bosqich oshiriladi.
✅ Kafolatli depozit: muassasa tashkilotchisi 350 000 AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘ni bankdagi maxsus hisobvaraqqa zaxira sifatida joylashtirishi shart.
Bu chora-tadbirlar xususiy ta’limni jiddiy asosga o‘tkazish, yoshlar uchun haqiqiy, sifatli va ishonchli ta’lim muhitini shakllantirishga qaratilgan.
Shu kecha va kunduzda
Farzand uchun akkaunt ochmaslik xavflimi?
Nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yangi tartib asosida yo‘lga qo‘yiladi
Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 10–12-iyul kuni bo‘lib o‘tadi
“Yurakdan yurakka” ko‘chgan o‘zbekona tuyg‘ular
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Farzand uchun akkaunt ochmaslik xavflimi?

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 10–12-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Ota-onalar boshqa mikrohududda joylashgan maktablarga ham farzandini 1-sinfga joylashtirishi mumkinmi?
