Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronga “Kulayotgan odam” romanining ilk nusxasini sovg‘a qildi

Yelisey saroyidagi oliy darajadagi uchrashuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronga fransuz yozuvchisi Viktor Gyugoning o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Kulayotgan odam” romanining ilk nusxasini sovg‘a qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu kitob ommaviy nashrdan chiqishi va tez orada kitobxonlar eʼtiboriga havola etilishi kutilmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti 11-fevral kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Parij shahriga keldi. 11-13-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan tashrif davomida Parij shahrida oliy darajadagi muzokara va tadbirlar, Fransiyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bo‘lajak muloqotlar kun tartibidan ko‘p qirrali O‘zbekiston—Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
Le Figaro nashrining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston prezidentining Fransiyaga tashrifi davomida energetika masalalari muhokamada asosiy o‘rinni egallaydi.
Tashrif arafasida Parijda O‘zbekiston turizm forumi tashkil etildi. “Ilm-fan va taʼlim: O‘zbekiston — Fransiya ko‘prigi” mavzusidagi qo‘shma konferensiya o‘tkazildi. O‘zbekiston va Fransiyaning tegishli vazirliklari, idoralari rahbarlari hamda 100 ga yaqin yetakchi kompaniyalari, moliya va biznes tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Fransiya — O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 20 dan ortiq bitim va shartnomalar imzolandi.
Davlat rahbari Fransiyaga bundan avval 2018 va 2022-yillarda tashrif buyurgan. Fransiya rahbari Emmanuel Makron O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan 2023-yilda kelgan.
Shu kecha va kunduzda
Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan ayol to‘rt farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi ommaviy reyd boshlandi
Xitoylik olimlar Yerning past orbitasidan inson yuzlarini aniqlay oladigan dunyodagi eng kuchli josus kamerasini yaratdilar.
Test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

O‘zbekiston va Kuvayt: ikki davlat o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?
