TAʼLIMDA ILGʻOR, TAFAKKURDA ERKIN, KELAJAKDA YETAKCHI MAKTAB

Bugunning yoshlari TAʼLIMDA ILGʻOR, TAFAKKURDA ERKIN, KELAJAKDA YETAKCHI MAKTAB
35

Yurtboshimiz taʼkidlaganidek, “Taʼlimda ilgʻor, tafakkurda erkin, kelajakda yetakchi maktab” tamoyili bugungi taʼlim tizimining bosh mezoniga aylangan. Zero, farzandlarimizning eng koʻp vaqti maktabda oʻtadi. Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida maktablarda turli toʻgaraklar tashkil etilgan. Ushbu toʻgaraklar orqali boʻlajak matematiklar, tarjimonlar, yosh shoirlar hamda qalami oʻtkir yozuvchilar tarbiyalanmoqda.


Ayniqsa, oʻquvchilarning ingliz tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqishi tahsinga loyiq. Respublikamiz boʻylab barcha tuman va shaharlar da ELO–2026 Xalqaro ingliz tili olimpiadasining saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu nufuzli musobaqaga Buxoro viloyati Romitan tumani 1-umumtaʼlim maktabining 3-sinf oʻquvchilari ingliz tili oʻqituvchilari bilan birgalikda puxta tayyorgarlik koʻrishdi.


Mashaqqatli mehnat oʻz samarasini berdi. YUNIOR (9–10 yosh) jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu yutuq tirishqoq oʻquvchilar hamda ularning jonkuyar ustozlarining mehnati mahsulidir.


Gʻolib oʻquvchilar va fidoyi oʻqituvchilarga kelgusi bosqichlarda ham omad va yuksak natijalar tilaymiz!

Mahliyo XALILOVA,

 Romitan tumanidagi 1-maktabning

boshlangʻich sinf oʻqituvchisi



Maqola muallifi

O‘qituvchi

O‘qituvchi

Oʻqituvchi

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish