“Tashvish” tugmalari nima uchun o‘rnatilmoqda?

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi ayrim mahallalarga “Tashvish” tugmalari o‘rnatildi, deb xabar bermoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, bu prezidentning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida amalga oshirilgan.
Qarorga muvofiq Toshkentning Chilonzor tumanining jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan 6 ta mahallasida “Tashvish” tugmalari o‘rnatildi. Ular bosilganda Milliy gvardiya xodimlari voqea joyiga 4−6 daqiqa ichida yetib keladi. Tugmani kim bosganini ko‘rish uchun uskunaga videokamera ham o‘rnatilgan.
Chilonzor tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Milliy gvadriya hamkorlikda Chilonzor tumanidagi qizil toifadan o‘rin olgan 6 ta mahallani jinoyatchilikdan xoli qilish maqsadida barcha sektor rahbarlari ishtirokida yo‘l xaritasi tasdiqlangan.
Unga muvofiq, xavfsiz ko‘cha va xavfsiz hudud tamoyili asosida har bir ko‘p qavatli uy atrofiga kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, shubhali holat yuzaga kelganda ichki ishlar organi va Milliy gvardiya xizmati xodimlariga o‘z vaqtida xabar yetkazish uchun “Tashvish” tugmalari o‘rnatildi.
Tugma bosilganda hududiy ichki ishlar bo‘limi va gvardiya tizimiga integratsiya qilingan maxsus qurilma darhol mas’ul xodimlarni ogohlantiradi. Ushbu tugma bosilganda 4−6 daqiqa vaqt ichida gvardiya xodimlari voqea joyiga yetib keladi.
Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Asqarovning ta’kidlashicha, “Tashvish” tugmasini kim bosganini bilish uchun kameralar ham o‘rnatilgan. Ko‘chalarda Face-ID (yuzdan tanib olish) kameralari qo‘yilgan.
Shu kecha va kunduzda
O‘zbekistonda sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilma va dronlar hamda ularga qarshi kurash bo‘yicha yangi bo‘linmalar tuziladi
Bolani noqonuniy diniy taʼlim olishga jalb qilganlar javobgarlikka tortiladi
Endilikda energiya sarfi maktab yoshidan boshlab o‘rgatiladi
13 yoshli maktab oʻquvchisi shaxsiy brendiga ega
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Endi nafaqalar ham proaktiv xizmat turiga kiradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda
