TIL – MILLAT KO‘ZGUSI

So‘z tarixi – o‘z tariximiz TIL – MILLAT KO‘ZGUSI
87



O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida joriy yilning 20-oktabr kuni Akademiya kursantlari o‘rtasida “Til – millat ko‘zgusi” shiori ostida korik-tanlov o‘tkazildi.




Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Inomjon Azimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor, xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashi a’zosi, “Mehnat shuhrati”ordeni, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvon sohibasi Jamila Shermuhammedova, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir Bobur Bobomurod, Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchi, kursantlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.




Tanlovni Akademiya boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov ochib, o‘zbek tili – millatning ma’naviy ustuni, Vatanimizning iftixori bo‘lib, uni asrab-avaylash va rivojlantirish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligini ta’kidlab, barcha jamoalarga tanlovda faol qatnashib g‘olib bo‘lishlari uchun omad tiladi.




Mazkur tanlovni taklif etilgan mehmonlar, mutaxassis va olimlardan tarkib topgan hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan adolatli va shaffof tarzda 5 ballik baholash mezonida baholab borildi.




Tanlovda 2-batalyon kursantlaridan tarkib topgan “Tilshunoslar” jamoasi, 3-batalyon kursantlaridan tarkib topgan “Iftixor” jamoasi, 4-batalyon kursantlaridan tarkib topgan “Muhofaza” jamoalari birinchi shart “Ona tilim – faxrim” sharti, ikkinchi sharti “G‘azalxonlik” sharti, uchinchi “Til boyligi – millat boyligi” sharti boʻyicha jamoalar bellashishdi.


Tanlov natijalariga ko‘ra, “Iftixor” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni, “Muhofaza” jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Tilshunoslar” jamoasiga faxrli uchinchi o‘rin nasib etdi.




Tadbir doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi va Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. 


Tanlov yakunida joriy yilning 17-oktabr kuni “Til millat ko‘zgusi” shiori ostida o‘tkazilgan badiiy insholar tanlovida faxrli o‘rinlarni egallagan kursantlarga hamda bugungi tanlov sovrindorlariga va faol qatnashgan kursantlarga Akademiya boshlig‘ining diplom, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari sovrindorlarga va tashkilotchilar tomonidan tantanali topshirildi.


Farhodjon XOJAYEV,

Akademiya axborot xizmati boshligʻi, mayor

Maqola muallifi

Farhodjon XOJAYEV

Farhodjon XOJAYEV

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish