“Yosh yashil elchilar” uchun o‘quv-trening start oldi
Bugun poytaxtimizdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Yoshlar va iqlim ta’limi” qo‘shma loyihasi doirasida 70 nafar “Yosh yashil elchilar” uchun uch kunlik o‘quv-trening dasturining ochilish marosimi tashkil etildi.
Loyiha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, BMTning Taraqqiyot dasturi (BMTTD), “Zamin” xalqaro jamoat fondi hamda “Ta’lim hamma narsadan ustun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Unda yoshlarga iqlim o‘zgarishi masalalarini o‘rgatish, qurg‘oqchilikka chidamli daraxtlar ekish, kompost ishlab chiqarish, chiqindilarni kamaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat tashabbuslarida yetakchilik qilish bo‘yicha ko‘nikmalar beriladi. Ayniqsa, eng yaxshi amaliyotlarni Orolbo‘yi hududlarida targ‘ib qilish borasidagi bilimlarga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quv-mashg‘ulotlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatidan kelgan iqlim masalalari va jamoat ishlariga qiziquvchi yosh yetakchilar ishtirok etmoqda.
Ular iqlim muammolarini hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan interaktiv sessiyalar va guruh tadbirlarida qatnashadi.
Uch kunlik murabbiylar tayyorlash dasturi Bo‘stonliq tumanidagi “Renessans” oromgohida davom etadi.
Shu kecha va kunduzda
“Yosh yashil elchilar” uchun o‘quv-trening start oldi
QS Eurasia Forum 2025 ilk bor Toshkentda
“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan jamoatchilik eshituvi”
O‘quv dasturlariga iqlim o‘zgarishiga oid mavzular integratsiya qilinadi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir
PISA Boshqaruv kengashining 60-yubiley sessiyasi
“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan jamoatchilik eshituvi”
O‘quv dasturlariga iqlim o‘zgarishiga oid mavzular integratsiya qilinadi