Bayram kuni Toshkent metrosi vaqtincha bepul xizmat ko‘rsatadi

Bilasizmi? Bayram kuni Toshkent metrosi vaqtincha bepul xizmat ko‘rsatadi
81

2025-yil 6-iyun – Qurbon Hayiti bayrami kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tonggi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.


Bundan tashqari, bayram kunida Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, metro yo‘lovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi:


🔹7-iyun — shanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha(soat 05:00 dan);

🔹8-iyun — yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida(soat 05:00 dan).

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish