Chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Jarayon Chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikatlash tizimi joriy etiladi
30

⚡️Chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikatlash tizimi joriy etiladi


Hukumatning tegishli (28.01.2026-yildagi 31-sonli) qaroriga muvofiq, chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash hamda malaka sertifikatini berish tizimi joriy etiladi.


Hujjatga koʻra:

a) 2026-yil 1-martdan boshlab CEFR mezonlariga muvofiq chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilishning A1, A2 va B1 darajalari bo‘yicha, 2027-yil 1-martdan boshlab esa B2, C1 va C2 darajalari bo‘yicha malaka sertifikatini berish uchun imtihonlar joriy etiladi;


b) o‘zbek tilini bilish darajasi to‘g‘risida kamida B1 darajadagi malaka sertifikatiga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan ozod etiladi;


v) chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonini tashkil etish va sertifikatlash Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish