9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”

Jarayon 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga   bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”
58


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 5 mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishidagi nutqida korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov ekanini ta’kidladi. Shu bois, so‘nggi yillarda bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha qonunlar qabul qilinib, yangi tizim yaratildi. Parlament palatalarida mas’ul qo‘mitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va Agentlik tashkil qilindi.




Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. Bu kunni belgilashdan maqsad, korrupsiya muammosining tub mohiyatini tushunib yetish va korrupsiya bilan kurashish hamda uni oldini olishdan iboratdir.




Shu munosabat O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. 




Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Olim Astanaqulov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Salim Dusanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Eshmatov, Akademiya vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar ishtirok etdi. 




2018-yil 16-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinib, O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.


2025-yil 21-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlandi.


O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi mamlakatimizda islomshunoslik va dinshunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda o‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarni tayyorlashga ixtisoslashgan nufuzli tayanch davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. 




Shu nuqtayi nazardan, Akademiya oldiga islomshunoslik, dinshunoslik, din psixologiyasi, islom iqtisodiyoti, manbashunoslik, xalqaro munosabatlar va ehtiyoj mavjud bo‘lgan boshqa sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, ilm-fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturlarini joriy etish, vijdon erkinligi va konfessiyalararo bag‘rikenglikni ta’minlash, radikallashuv, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining asoslariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish kabi vazifalar yuklandi.


O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 3 ta fakultet, 10 ta kafedra mavjud. Ilmiy salohiyat 2023-yilda 71.2%, 2024 yilda 79.6%  bo‘lgan. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 82,2% ni tashkil qilib, shundan 161 ta (fan doktorlari 27 nafar, fan nomzodlari (PhD) 105 nafar, ilmiy darajasiz 29 nafar) asosiy va ichki o‘rindosh professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga jalb qilingan. 

Professor-o‘qituvchilar tomonidan jami 135 ta ilmiy monografiya tayyorlandi. 


Nufuzli xalqaro Scopus i Web of Science bazasidagi maqolalar soni 147 tani tashkil qilmoqda.

2025-yilda jami  16 ta  (9 ta mahalliy,  7 ta xalqaro)  ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi. Innovasion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda 2 ta ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda (1 ta innovasion, 1 ta fundamental). Shundan innovasion loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi.




Ko‘p jildli Islom ensiklopediyasining I, II, III tomi nashr qilinib, bir jildli islom ensiklopediyasining maxsus nashri tayyorlanmoqda. Ensiklopediya bo‘limi 52 nomdagi kitob bilan boyitildi.


Iqtidorli talabalar yo‘nalishi bo‘yicha mazkur davr mobaynida 3 nafar talaba  hamda 1 nafar magistrant Mahmudxo‘ja Behbudiy stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Talabalar ilmiy jamiyatining ilmiy anjumani forumi o‘tkazilib, “Talabalikdan olimlik sari qadam” nomli talabalarning maqolalar to‘plami nashr etildi.


Bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi 40 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasasi va xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini izchil amalga oshirib kelmoqda. 

 Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.


O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Matbuot xizmati

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish