ANGRENDA BIR YILLIK TA’LIM STRATEGIYASI TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sherzodjon Mirzakarimov tomonidan Angren shahridagi 40 ta umumta’lim maktabidan 2 mingdan ortiq pedagog ishtirokida 2026–2027-o‘quv yili uchun mo‘ljallangan bir yillik ta’lim strategiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda
strategiyaning 5 ta ustuvor yo‘nalishi, har bir yo‘nalishning maqsad va
vazifalari, amalga oshirish mexanizmlari hamda kutilayotgan natijalari
yuzasidan pedagoglar bilan bevosita muloqot va tushuntirish ishlari olib
borildi. Strategiyaning birinchi ustuvor yo‘nalishi – ta’lim sifati va
pedagoglar salohiyatini oshirish bo‘lib, bunda pedagoglarning kasbiy mahoratini
rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda har bir maktabda
ta’lim natijadorligini yaxshilashga alohida e’tibor qaratiladi. Ikkinchi
yo‘nalish – o‘quvchilar uchun xavfsiz, sog‘lom va qulay ta’lim muhitini
yaratish, maktablarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda ta’lim olish
uchun munosib sharoitlarni ta’minlashdan iborat. Uchinchi yo‘nalish doirasida
o‘quvchilarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash, tahlil
qilish, o‘z fikrini erkin ifodalash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini
rivojlantirish ko‘zda tutilgan. To‘rtinchi yo‘nalish – IT texnologiyalari va
sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘lib, zamonaviy raqamli
texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish, pedagog va o‘quvchilarning
raqamli savodxonligini oshirish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ta’lim
samaradorligini oshirishda foydalanish nazarda tutilgan. Beshinchi yo‘nalish
esa bitiruvchilarni ta’lim va kasbga yo‘naltirishga qaratilgan bo‘lib,
yoshlarni oliy va professional ta’limga tayyorlash, ularning qiziqishi va
qobiliyatidan kelib chiqib kasb tanlashiga ko‘maklashish hamda mehnat bozori
talablariga mos yo‘nalishlarni belgilashni o‘z ichiga oladi. Strategiya
ijrosini ta’minlash maqsadida Yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan bo‘lib, undagi har
bir vazifa REJA → FAKT → FARQ → SABAB → CHORA → MAS’UL → MUDDAT tamoyili
asosida monitoring qilib boriladi.
Shuningdek, yil yakunida yuqori natija ko‘rsatgan pedagoglar va o‘quvchilarni munosib rag‘batlantirish maqsadida 20 ta xorijiy sayohat hamda 100 ga yaqin qimmatbaho sovg‘alar ajratish rejalashtirilgan. Maqsadimiz aniq vazifa, tizimli ijro, o‘lchanadigan natija va munosib rag‘bat asosida Angren ta’lim tizimining samaradorligini oshirishdan iborat.
Shu kecha va kunduzda
ANGRENDA BIR YILLIK TA’LIM STRATEGIYASI TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
FVV Akademiyasida Mustaqillikning 35 yilligi
Bahor g‘unchalari… gul bo‘lsin!
SUN’IY INTELLEKT VA O‘ZBEK TILI: RAQAMLI MAKONDA MILLIY TAFAKKURNI QANDAY SAQLAB QOLAMIZ?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank