"Befit Race–2026"
Daxldorlik
23
FVV Akademiyasi kursantlari "Befit Race–2026" xalqaro musobaqasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Befit sport klubi hamkorligida joriy yilning 1–2-avgust kunlari "Befit Race–2026" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Jismoniy tayyorgarlik, chidamlilik va matonatni sinovdan o‘tkazuvchi mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 11 ta davlatidan sportchilar hamda jamoalar ishtirok etib, g‘oliblik uchun keskin bahslarda o‘zaro kuch sinashdilar.
Musobaqaning jamoaviy yo‘nalishida 11 ta davlatdan 94 ta jamoa qatnashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra Belarus Respublikasining "Belteya" jamoasi 1-o‘rinni, "Dream Team" jamoasi 2-o‘rinni, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi esa kuchli raqobat sharoitida munosib ishtirok etib, faxrli 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning 3 kilometr masofaga yakkalik bahslarida 11 ta davlatdan 124 nafar sportchi ishtirok etdi. Ushbu yo‘nalishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining 4-o‘quv kursi kursantlari yuqori sport mahorati, jismoniy chiniqqanligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etib, yuksak natijalarga erishdilar. Jumladan, Bekzod Abdurazzoqov barcha raqiblarini ortda qoldirib faxrli 1-o‘rinni, Mirodil Mirzaqodirov esa faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 5 kilometr masofaga yakkalik bahslarida 184 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Ushbu yo‘nalishda ham Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursanti Sarvar Shavkatulloyev yuqori natija qayd etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Mazkur xalqaro musobaqada qo‘lga kiritilgan natijalar Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida kursantlarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish, ularning kasbiy mahorati, chidamliligi va ruhiy-irodaviy fazilatlarini yuksaltirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasini yana bir bor tasdiqladi. Akademiya kursantlarining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari yurtimiz sport salohiyatini munosib namoyon etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan yoshlarning yuksak jismoniy va ma'naviy salohiyatini yaqqol ifoda etadi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi jamoasi musobaqa g‘olib va sovrindorlarini samimiy muborakbod etadi hamda ularga kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ham yangi zafarlar tilaydi.
Farhodjon XOJAYEV,
FVV Akademiyasi axborot va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi mayor
Shu kecha va kunduzda
"Befit Race–2026"
Daxldorlik
"Mo‘jizakor qo‘llar" maktab hovlisini bezadi
Kasbim – faxrim
BOLALARGA QUVONCH ULASHGAN “FAVVORA SHOUSI”
Daxldorlik
Kitobxonlikni targ‘ib etishda “Zakovat”ning o‘rni
Jarayon
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank