FVV AKADEMIYASIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI

Jarayon FVV AKADEMIYASIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI
47


Yangi O‘zbekistonda o‘sib kelayotgan yosh har tomonlama ma’nan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizda barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topib, kasb tanlashda adashmasdan, dunyoviy bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlarida esa, yurtimiz himoyachilarining ham o‘rni beqiyos.

Xususan, bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “Qutqaruvchilar – bizning qahramonlarimiz” mavzusida 

“Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda toshkent shahrida joylashgan “YODJU” universiteti, “Amaliy fanlar” universiteti va Yangixayot va Sergeli tumanidagi umumta’lim maktabi o‘qituvchi-murabbiylari va o‘quvchilari Akademiya harbiy xizmatchilari, xizmatchilari, kursantlar keng jamoatchilik hamda OAV  xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘quvchi -yoshlar bilan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish hamda favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimadagi mavjud maxsus asbob-anjomlar va texnikalarning texnik-taktik xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish borasidagi targ‘ibot tadbirlarini samarali o‘tkazish, shuningdek, yoshlarni qutqaruvchi kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat. 



Tadbirda davomida Akademiyaga tashrif buyurgan yoshlar uchun ekskursiya tashkil qilindi. Akademiyaning “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida o‘quvchi yoshlarga Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tartibi va faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi va videolavhalar namoyish etildi. 



Shu bilan birga, “Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish va sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi” doirasida qiziqarli savol-javoblar tarzida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Viktorina” o‘tkazildi. 



Ochiq eshiklar kuni doirasida o‘quvchi yoshlar uchun Akademiyaning kichik stadionida mini futbol o‘yinlari tashkillashtirdi, katta stadionda esa yangi o‘quv minorasida ishg‘ol qilish narvoni orqali o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish, “Yong‘in vaqtida jabrlanganlarni va o‘z-o‘zini qutqarish”, “4x100 metr masofada estafetali yugurish”, qo‘l jangi mashqlarini bajarish bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi tashkil etildi.



Shuningdek, toshkent shahar FVB va Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qidiruv-qutqaruv markazining asosiy va maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalari namoyishi va uning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, Respublika qidiruv-qutqaruv markazining xizmat itlari tomonidan bajariladigan ko‘rgazmali chiqishlar, O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining mutaxassislari tomonidan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni bartaraf etish hamda tibbiy va ijtimoiy xizmatlari, maxsus vosita va avtomobillari namoyishlari o‘tkazildi. 



Shu bilan bir qatorda mehmonlar Akademiya Axborot-resurs markazi hamda o‘quv sinflari bilan yaqindan tanishdilar va ularda katta taassurotlar qoldirdi.



Muxtasar qilib aytganda, yoshlar bilan mana shunday targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazilishi zamirida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish tartib-qoidalarini o‘rgatish bilan birga favqulodda vaziyatlarda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, boshqalarni qutqarish bilan shug‘ullanadigan, albatta, ta’bir joiz bo‘lsa, yon’in va suvda toblanadigan mashaqqatli va mas’uliyatli qutqaruvchilik kasbiga yanada qiziqtirish yotadi. 



Farhodjon XOJAYEV,

FVV Akademiyasi 

katta o‘qituvchisi, mayor.

Maqola muallifi

Farhodjon XOJAYEV

Farhodjon XOJAYEV

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish