GENERAL VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Daxldorlik GENERAL VA YOSHLAR UCHRASHUVI
115

Yangi O‘zbekistonda yosh avlodni barkamol inson sifatida tarbiyalash, mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilmoqdaki, bu o‘z navbatida jonajon Vatanimizning har jihatdan salohiyatli, vatanparvar, fidoyi farzandlari safi yildan-yilga kengayishini ta’minlamoqda.

O‘zbekiston Milliy universitetida kuni kecha ana shu maqsadlarga yo‘naltirilgan “General va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. 

Unda O‘zbekiston Milliy universiteti va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba yoshlar, harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi kursantlari, Akademiya harbiy xizmatchilari, xizmatchilari, kursantlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Shu bilan birga yoshlarni nafaqat harbiy sohaga balki, “Qutqaruvchilik” kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda general mayor Ravshan Haydarov yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ularni qiziqtirgan ko‘plab savollarga atroflicha javoblar berdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Majidov mamlakatimizda yoshlarning iqtidorlarini namoyon etish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, harbiy kasbning nufuzi va mas’uliyati xususida fikr bildirdi.

̶ Men siz yoshlar bilan bo‘ladigan har qanday uchrashuv va jonli muloqotlardan cheksiz kuch-quvvat va ko‘tarinki ruh olaman. Yoshlarning dilidagi maqsad va niyatlaridan xabardor bo‘lish, ularni ulkan ishlarga safarbar etish uchun ana shunday uchrashuvlar juda zarur – deydi general-mayor Ravshan Haydarov.

Uchrashuv davomida oliy ta’lim muasasasida tahsil olayotgan yoshlarimizning taklif mulohazalari, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdagi takliflari qabul qilindi.

Tadbir doirasida akademiya va universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memarandumi imzolangani tadbir qatnashchilarida katta taassurotlar qoldirdi. Ayniqsa ushbu hamkorlik hujjati yoshlarni benihoya quvontirdi desak muboag‘a bo‘lmaydi. 

Uchrashuv yakunida eng faol ishtirokchilar va eng dolzarb va qiziqarli savollar bergan yoshlar tadbir tashkilotchilarining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

Muxtasar qilib aytganda, ko‘tarinki ruhda o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar yosh kadrlarga kuch va g‘ayrat, o‘z ishiga shijoat va fidoiylik bag‘ishlasa ajab emas. Ayniqsa muloqot davomida Akademiya Orkestri ijrosida vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

 

Farhodjon XOJAYEV,

FVV Akademiyasi katta o‘qituvchisi mayor







Maqola muallifi

Farhodjon XOJAYEV

Farhodjon XOJAYEV

Jurnalist

Teglar

  • #Yoshlar

Ulashish