“Hokim kubogi” olimpiadasi boshlandi!

Maktab ta'limi “Hokim kubogi” olimpiadasi boshlandi!
37

Yangihayot tumani poytaxtning eng kenja tumanlaridan. Bu yerda boshqa ijtimoiy sohalar qatori ta’limga ko‘rsatilayotgan e’tiborning amaliy samarasi o‘laroq, yangi tashabbus ilgari surildi. Tumanda 17 ta umumta’lim maktabi hamda 25 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. 


Davlatimiz tomonidan yoshlarning iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashlari uchun sharoit yaratish, bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. 

Yangihayot tumani hokimi va tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan umumta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida jamoaviy “Hokim kubogi” olimpiadasi tashkil etildi.


– Mazkur olimpiadani tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, shu orqali o‘qishga, oliy o‘quv yurtiga kirishga qiziqishini oshirishdan iboratdir, –  deydi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi shoʻba mudiri Durdona Vahobova.



Olimpiadaning tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda Hokim stipendiyalari beriladi(o‘quv yili davomida har oyda):

1-o‘rinni egallagan 15 nafar o‘quvchilarga – bir million so‘m miqdorida;

2-o‘rinni egallagan 15 nafar o‘quvchilarga – yetti yuz ellik ming so‘m miqdorida;

3-o‘rinni egallagan 15 nafar o‘quvchilarga – besh yuz ming so‘m miqdorida.


Olimpiada g‘oliblari deb topilgan maktab jamoalari maktab hisob raqamiga tashkiliy qo‘mitaning qaroriga asosan; 1-o‘rinni egallagan maktabga 100 million so‘m, 2-o‘rinni egallagan maktab jamoasiga 75 million so‘m va 3-o‘rinni egallagan maktab jamoasiga 50 million so‘m pul mukofotlari beriladi. 



Olimpiada g‘oliblari va ularning o‘qituvchilarini rag‘batlantirish xarajatlari Yangihayot tuman hokimiyati tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

Nazokat XOLMETOVA

Burxon RIZOQULOV olgan suratlar

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar

Ulashish