Malaka oshirish istagidagi shaxslarga “kasb vaucheri” beriladi
📝 Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabrdan malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qo‘shimcha ta’lim olish uchun “kasb vaucheri” berish tartibi joriy etiladi.
💸 “Kasb vaucheri” ssuda sifatida beriladi.
✔️ Shaxs o‘qishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan so‘ng ssudani 2 yil davomida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga qaytaradi.
💵 Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida Jamg‘arma hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi:
🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
🔹 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta’lim olayotgan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalar a’zolariga;
🔹 doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab ta’lim olayotgan shaxslarga.
🚫Bunda ishsizlik nafaqasi to‘lanishi davrida o‘quvchilarga stipendiya tayinlanmaydi.
Shu kecha va kunduzda
Muvozanat
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi
Ayblashdan oldin eshiting!
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun oʻquv-seminar o‘tkazilmoqda
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank