Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
2025-yil 27-30-dekabr kunlari Matematika, Kimyo va Geografiya fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✔️ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
📌 Sertifikatini yuklab oluvchi talabgorlar uchun muhim ma’lumot:
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat matnida o‘zgartirish kiritilgan.
Shu kecha va kunduzda
Darsingiz zerikarli bo‘lmasin!
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
TO‘TIQULLIK XAVFI ORTIB BORMOQDA...
Maxsus muxbir xotiralari
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank